"Bular Belarusga taşlaş rejalaştirilgan 180 yoki 200 kişining birinçi guruhi deb tuşunaman. Bu aniq ma'lumot. Endi esa "dum"ni yaşirişga urinib, bu guruhning taşrifi töğrisida biz bilan kelişişganini aytişlari safsata", - dedi Lukaşenko.
Uning sözlariga köra, Belarusda rossiyalik sobiq yoki amaldagi harbiy xizmatçilar iştirokida qanday tadbir ötkazilmasin, ikki davlatning tegişli idoralari hamkorlik qiladi.
"Bizda Belarusga harbiy xizmatçilar kelişiga faqat prezident ruxsat bera oladi. Texnika bilanmi, texnikasizmi, samolyotlar, vertolyotlar va hokazo. Heç kim heç qanday ruxsat bermagan", - dedi Lukaşenko.
"Katta oğalarimiz jim bölib qoldi. Endi bu yigitlarni Istanbulga jönatişgani töğrisida qiçqirişmayapti. Heç qanday Istanbul bölmagan va bölişi ham mumkin emasdi. Bu guruhning maqsadi boşqa bölganligi aniq. Tergovning vazifasi ana şu maqsadni aniqlaş", - deb qöşib qöydi u.
Eslatib ötamiz, 29 iyul kuni Belarusda «Vagner» XHK jangçilari ekani gumonlangan 33 nafar rossiyalik qölga olingani xabar qilindi.
Belarus rahbari mamlakat hududida rossiyaliklarning qölga olinişini favqulodda hodisa deb atadi va Rossiya tomonidan tuşuntiriş talab qildi.
Belarus hukumati «Vagner» a'zolarining mamlakat poytaxtiga kelişini 9 avgust kuniga belgilangan prezidentlik saylovlari oldidan mamlakatdagi vaziyatni beqarorlaştirişga uriniş sifatida baholadi.













