Vaksina N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi olimlari tomonidan işlab çiqilgan.

«Gamaleya instituti tomonidan işlab çiqilgan koronavirusdan ilk vaksina böyiça klinik sinovlar yakunlandi. Hozirda röyxatga oliş jarayonlari uçun hujjatlar tayyorlanmoqda. Yana bir vaksina ustida klinik tadqiqotlar ketmoqda, kelgusi bir yarim – ikki oy içida klinik tadqiqotlar ötkaziş uçun ruxsat berilişini sörab yana kamida ikkita ariza kelib tuşişini kutyapmiz», – degan Muraşkoning sözlarini keltirmoqda RIA Novosti.

Vazirning qayd etişiça, Rossiyada koronavirusdan ommaviy emlaş tadbirlari oktabr oyidan boşlanişi mumkin, ammo birinçi navbatda aholining alohida toifalari – şifokorlar, öqituvçilar va muntazam ravişda köplab odamlar bilan kontaktda böladigan kişilar qamrab olinadi.

Avvalroq rasmiylar vaksinatsiya bepul bölişini aytişgan.

BBC'ning yozişiça, Rossiyaning koronavirusga qarşi vaksina topiş ustidagi izlanişlari muvaffaqiyatli bölayotganiga AQŞ va Yevropada şubha bilan qaralmoqda. Rus vaksinasiga nisbatan skeptik yondaşuv nafaqat OAV, balki soğliqni saqlaş sohasi ekspertlari tomonidan ham bildirilmoqda.

Rossiyadagi klinik sinovlar koronavirusdan vaksinani kim birinçi yaratişi yölidagi boşqa davlatlar bilan poyga tufayli qoidalarni buzgan holda ötkazilgan bölişi mumkinligi aytilmoqda. Rossiya vaksina ustidagi sinovlar böyiça ilmiy dalillarni oçiqlamagan, şu boisdan yuqoridagi gumonlarni tekşiriş imkoni yöq.

Juma kuni AQŞ Kongressidagi eşituvlarda mamlakatning boş infeksionisti Entoni Fauçi Rossiya va Xitoydagi vaksinalar böyiça fikr bildirar ekan, klinik sinovlar bu qadar tez yakunlanganidan kelib çiqib, ular barça qoidalarga muvofiq ravişda ötkazilganiga şubha bildirgan edi.

Qöşimça qiliş joiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin aprel oyida koronavirus profilaktikasiga oid klinik va unga qadar bölgan sinovlar hamda davlat röyxatidan ötkazişni soddalaştiriş va muddatini qisqartiriş böyiça topşiriq bergan.

Eslatib ötamiz, uşbu vaksina Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan bölib, harbiy idora iyul oyi boşidayoq vaksina Burdenko nomidagi harbiy gospitalda, köngilli harbiylarda muvaffaqiyatli sinovdan ötganini e'lon qilgan edi.