20 iyul kuni Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraş borasida olib borilayotgan işlarning çuqur tanqidiy tahliliga bağişlangan videoselektor yiğilişida kislorod konsentratorlarini Özbekistonga olib keliş uçun maxsus samolyot ajratiş haqida körsatma bergandi.

«Çet davlatlarda öpka yalliğlangan har bir bemor uçun zudlik bilan kislorod konsentratorlariga maxsus niqoblar kiygiziş orqali havo olişini yengillaştirib, qöliga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas yetişmovçiligi bartaraf qilinmoqda. Buning uçun, agar kerak bölsa, maxsus samolyot ajratilişi, tadbirkorlar tomonidan kislorod konsentratorlarini Özbekistonga olib kiriş tartib-taomillarini yengillaştiriş çoralari körilişi lozim», degandi prezident.
Şundan keyin Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Özbekistonga dori vositalari va tibbiy buyumlarni, jumladan, kislorod konsentratorlarini import qiliş jarayoni soddalaştirildi.
Lekin Kun.uz tahririyatiga murojaat etgan xayriya taşkilotlari va tadbirkorlar kislorod konsentratorlari importi hamon qiyinçilik bilan keçayotganidan şikoyat qilişdi.
Husan Radjamatov, BRIKET PLUS MCHJ xodimi:
«Aeroportda şartnoma tuziş uçun bir kun ketdi, çunki şartnoma tuziş bölimida ertaga kelişni söraşdi, göyo öşa kuni şartnoma tuziş imkoni yöqdek. Yöqotilgan vaqt mobaynida qança odamning hayotini saqlab qoliş mumkin, axir. Bojxonada esa kislorod konsentratorlari uçun bojxona tölovlarini donada emas, kilogrammda hisoblaşdi. Bazaviy hisoblaş narxini esa baland belgilaşdi negadir. Holbuki, pastroq belgilaş ham mumkin edi. Oqibatda biz olib kelgan bu tovarning yakuniy narxi oşdi.
Pulsoksimetrlarni bojxona nazoratidan mustaqil muomalaga çiqariş uçun gigiyenik sertifikat zarur ekan. Mazkur tibbiy apparat saturatsiya va pulsni ölçaydi. Gigiyenik sertifikat nega kerak unga, tuşunmadik. Keyin, negadir bojxona rasmiylaştiruvi uçun 0,2 foiz emas, 1,2 foiz oliş közda tutilibdi. Apparatlarimiz avvalida bojxonada turib qoldi, faqatgina Kun.uz sayti muxbiri hamda Bojxona qömitasidan Nurbek aka Salomovning aralaşuvi bilan biz mahsulotimizni bojxonadan tez fursatda çiqarib olişimiz mumkin böldi.



















