Buni tadbirkor jurnalistga-ku röy-rost aytib beradi, kerak bölsa Alloh nomi bilan qasam içadi, ammo...

Tadbirkor dardini jurnalistga aytganda ham, yuragini hovuçlab turadi, inçunun nomi pinhon qolişini istaydi. Zero, «keyin mendan öç olişsa-ya, axir, nazorat organlariga yana işim tuşadi – tadbirkorman» deb fikrlaydi. Bu esa jurnalist uçun korrupsiya holati tugul, umuman, muammoni yoritiş yölidagi birinçi qiyinçilik böladi.  

Endi ikkinçi qiyinçilik haqida.

Jurnalist muammoni tizimli hal qiliş kerakligini tuşunadi. Axir, bitta tadbirkor duç kelgan muammoni bartaraf etiş bilan heç narsa özgarmaydi – bu yoqda aynan bu kabi muammoga duç kelayotgan köplab boşqa tadbirkorlar turibdi.

Masala borib mavjud tizimga, tartib va me'yorlarga, hamda idoralarda hukm surayotgan muhitga taqaladi. Ularni özgartiriş kerak.

Ammo bu eng qiyini. Maqola yumşoqroq sözlar bilan yozilsa, yuqori idoralarning e'tiborini tortmaydi. Şunda jurnalist «mana senga bölmasa», deb qattiq sözlarni işlatib, muammoni «uyatsizlarça» yalanğoçlaydi, tafsilotlari bilan. Şundagina «çang-tözon» boşlanadi: masalaga bevosita aloqador idoralar işga kirişişadi, yuqoridan gap eşitmaslik uçun.

Biroq idoralar ... kötarilgan umumiy muammoni emas, balki aynan öşa murojaatçi duç kelgan holatni bartaraf etişga tuşişadi.

Bu degani muammoga sabab bölayotgan omillar barham topmaydi. «Qayerda bu muammo, joyini ayting, şikoyatçini telefon nomerini bizga bering, hoziroq hal qilamiz muammosini» – şunday sözlar jurnalistning hamrohi.

Hurmatli mutasaddi, bitta holatni hal qildingiz ham deylik, biroq bitta inson yoxud bitta yuridik şaxs emas – jamiyat duç kelgan, köplab odamlar uçrayotgan muammo hal bölmadi-ku! Özgartiriş kerak bölgan tartiblar, me'yorlar, eng muhimi – xodimlaringizning dunyoqaraşi özgarmadi-ku!

Pandemiya bilan boğliq hozirgi vaziyatni... harbiy holatga – uruşga qiyoslaşga asosimiz bor. Zero, hayot-mamot jangi ketyapti. Ammo şunday vaziyatda ham korrupsiya keng quloç yoyib turibdi, xabarlar bundan dalolat berib turibdi. Modomiki, şunday lahzada xodimlar korrupsiyaga qöl urişyaptimi, demak, idora va taşkilotlarda hukm surayotgan muhit öta yomon. Demak, korrupsiyaga qöl urayotgan xodim şu tobda – uruş paytida millatga xiyonat qilayotganini his etmaydi, duşmanga xalqini sotib berayotganini anglamaydi. Nega anglamaydi?