Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi karantin davrida yurtdoşlarimiz orasida uy şaroitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol şuğullanişni keng tarğib qiliş maqsadida yana #uydaqol! #hayotgaqöşil! çellenjini ötkazişga qaror qildi.

Çellenjda qatnaşiş orqali siz nafaqat öz salomatligingizni mustahkamlaysiz, balki qimmatbaho sovğalarni yutib olişingiz mumkin. Buning uçun siz:

1) uyda oila a'zolaringiz bilan birga badantarbiya va sport maşqlarini bajaring hamda uni videoga olgan holda özingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz (Facebook, Instagram)ga joylang;

2) Uşbu videoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (facebook.com/www.sport.uz, instagram.com/minsportuz)ga ulaşing.

Videoroliklarni baholaşda quyidagi mezonlarga e'tibor qaratiladi:

  • taqdim etilgan videorolikda tanlov iştirokçisi yoki uning oila a'zolari uy şaroitida sport bilan şuğullaniş jarayoni aks etgani;
  • uyda sport bilan şuğullaniş jarayoniga kreativ yondaşuvi;
  • videorolikning sifati;
  • iştirokçi(lar) uyda qolib sport bilan şuğullanişga da'vat etgan (çaqiriq) bölişi;
  • videoroliklar 3 daqiqadan oşmasligiga e'tibor qaratiladi.

Çellenjga 3 avgustdan qayta start berilib, to 27 dekabrga qadar davom etadi hamda ğoliblar har hafta aniqlanib, taqdirlab boriladi.

#uydaqol! #hayotgaqöşil! çellenjida faol iştirok eting hamda sovğalarni qölga kiriting.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati