2024 yilda respublika budjetidan Madaniyat vazirligi hamda Yoşlar siyosati va sport vazirligiga qança mablağ ajratilişi ma’lum böldi. Bu haqda Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi majlisida aytib ötildi.

Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama etilişi rejalaştirilayotgan masalalar, xususan, “2024 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi qonun muhokama qilingan.

Ta’kidlanişiça, prezident va hukumat qarorlariga muvofiq qabul qilingan davlat dasturlari va tadbirlarni amalga oşiriş uçun davlat budjetidan 2024 yilda jami 53,1 trln söm ajratilişi közda tutilgan.

Madaniyat vazirligiga 2024 yilda respublika budjetidan 1,1 trln söm, şu jumladan vazirlikning joriy xarajatlariga 820,4 mlrd söm, obektlarni loyihalaştiriş, quriş (rekonstruksiya qiliş) va jihozlaş uçun kapital qöyilmalarga 280 mlrd söm ajratilişi közda tutilmoqda.

Şuningdek, madaniyat sohasini rivojlantiriş uçun jami 149,5 mlrd söm ajratiş rejalaştirilmoqda. Davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratiş uçun 105 mlrd söm hamda xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Özbekiston hududida kino işlab çiqariş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun 5 mlrd söm, bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat markazlarini milliy çolğu asboblari bilan ta’minlaş uçun 7,5 mlrd söm ajratilişi belgilangan.

Yoşlar siyosati va sport vazirligi esa 2024 yilda respublika budjetidan 1,8 trln söm, şu jumladan, vazirlikning joriy xarajatlariga 1,3 trln söm oladi. Cport sohasidagi davlat dasturlarini moliyalaştiriş uçun 980 mlrd söm ajratilişi belgilanmoqda. Olimpiya öyinlariga samarali tayyorgarlik körişga 250 mlrd söm, Paralimpiya öyinlari uçun esa 41 mlrd söm ajratilişi nazarda tutilgan.

Davlat budjetida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişni kengaytiriş va yoşlarni yanada qöllab-quvvatlaş hamda subsidiyalar uçun 150 mlrd söm ajratiş belgilanmoqda. Madaniy meros agentligiga 213,5 mlrd söm, şu jumladan, agentlikning joriy xarajatlari uçun 183,5 mlrd söm ajratiladi. Madaniy meros sohasidagi davlat dasturlarini moliyalaştiriş uçun esa 131 mlrd söm ajratilişi reja qilingan.