«Biz IŞIDni tugatdik... bu xalifalikka 100 foiz barham berdik... Biz Sulaymoniyni (eronlik general) va Al-Bağdodiyni (IŞID rahbarini) daf qildik. Men köplab prezidentlar qilmagan işlarni bajardim. Ular Yaqin Şarqqa umuman bormasligi lozim edi», - deb bayonot berdi Tramp.

«Yaqin Şarqqa harbiylarni yuboriş haqidagi qaror va ularning işiga aralaşiş mamlakatimiz tarixidagi yagona eng katta xato bölib qoldi», - deb ta'kidladi amerikalik yetakçi.

Eurasia Daily xabariga köra, 2001-2018 yillar davomida xorijda ötkazilgan harbiy amaliyotlar natijasida 7 mingga yaqin amerikalik halok bölgani, 52 mingdan ortiği jarohat olgan. Ulardan 60 foizidan ortiği Iroqdagi, 38 foizi Afğonistondagi harbiy amaliyotlarga töğri keladi.