Jumladan, oxirgi paytda dunyoda Covid-19 infeksiyasining tarqalişi keskin tezlaşib, jami kasallar soni 19 millionga yaqinlaşgani, qurbonlar ham köpaygani afsus bilan ta'kidlandi. Vaziyat ğoyat jiddiyligini 31 iyulda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti pandemiya bilan boğliq xalqaro favqulodda holatni yana 3 oyga uzaytirgani ham körsatib turibdi.
Mamlakatimizda oxirgi bir haftada 5 mingdan ortiq yangi kasal aniqlanib, jami virus yuqtirganlar soni 27 mingtaga yaqinlaşdi. Eng yomoni, koranovirusga qöşimça tarzda, asorati oğirroq bölgan pnevmoniya holatlari ham köpaymoqda.
Uşbu holatni inobatga olib, yurtimizda qöşimça çoralar körildi. Jumladan, oxirgi 20 kunda koronavirusni davolaş örinlari 3,5 barobarga köpaytirildi va qariyb 65 mingtaga yetkazildi.
Joylarga qöşimça ravişda qariyb 800ta tez tibbiy yordam maşinalari yetkazib berildi.
Qöşimça 4 mingta nafas beriş uskunalari (ÖSV, portativ sun'iy nafas beriş apparati, kislorod konsentratori) olib kelinib, ularning soni 6,5 mingtaga yetdi.
«Aholi örtasida virus tarqalişining oldini oliş va bemorlarni davolaş böyiça olib borilayotgan tizimli işlarni yanada kuçaytirgan holda davom ettirişimiz zarur», dedi davlat rahbari.
Xususan, Soğliqni saqlaş vazirligi, hokimlar va sektorlar rahbarlari koronavirus va pnevmoniyani davolaş böyiça har tomonlama tayyor bölişi, har bir bemorga kerakli tibbiy yordam körsatilişi, ularning holatidan kelib çiqib şifoxonaga yotqizilişi va davolanişi uçun şaxsan javobgar bölişi qayd etildi.
Joylardagi birlamçi tibbiy xizmat körsatiş tizimi işini yanada jonlantiriş kerakligi ta'kidlandi.
Misol uçun, poytaxtimizda «oilaviy poliklinika – mobil brigadalar – maxsus poliklinikalar – «103» tez yordam xizmati» tizimining uzviy işlaşini ta'minlaş hisobiga bir haftada soğayganlar uluşini 45 foizdan 58 foizga oşirişga erişildi.
Şu munosabat bilan, boş vazir örinbosari Behzod Musayevga hokimliklar va sektor rahbarlari bilan birga bir hafta muddatda «Toşkent şahri tajribasi» negizida hududlarda simptomsiz bemorlarni öz uyida mobil tibbiy guruhlar yordamida ularning kömak va tavsiyalari asosida davolaş tizimining joriy etilişini yakunlaş vazifasi yuklatildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, hududlarda Covid-19’ga çalinganlarni qabul qiliş va saralaş böyiça markazlarni taşkil etgan holda, kiçik şifoxonalarni öz profiliga muvofiq boşqa turdagi va surunkali kasallarni davolaşga qaytariş lozimligini aytdi.
















