“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida töy marosimlarini 30 kişilik tartibda ötkazilişini doimiy saqlab qoliş haqida petitsiya joylaştirildi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda “yaşil” hududlarda 30 kişilik töylarni ötkazişga ruxsat berilganini guvohi bölmoqdamiz. Köpçilik töylardagi bunday çegara karantindan keyin ham saqlanib qolişini xohlamoqda”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşi va Senati Kengaşining “Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi Qöşma qarorida belgilangan töylarga 200 kişidan ortiq mehmon çaqirmaslik haqidagi qoidani “30 kişilik” deb özgartiriş taklif qilingan.
“Töy taraddudida yurganlarning köpçiligi şu kunlarda tezroq töyini ötkazişga şoşilayotgani sir emas. Yoşlar ham bunga qarşilik qilayotgani yöq. Töylarni ixçam, dabdababozlik va isrofgarçiliklarsiz ötkazişni hamma xohlaydi.
Ammo, biror qonun yoki qaror bilan tasdiqlanmasa, 200 kişiga töy qilinaveradi. 200 kişilik töylarga ketadigan sarf-xarajat 500-600 kişilik töylarnikiga teng bölib qoladi. Töy qilaman deb qarzga botib, ertasi kuni kuyov bola yoki uning otasining xorijga ketayotganlik holatlari ham kam emas. Hatto, buning ortidan jiddiy kasalliklar orttirib olinayotgan holatlar ham mavjud. Abdulla Avloniyning yuz yil oldin yozib qoldirgan “Özbek xalqini töy balosidan qutqaring” degan sözlari bugungi kunimiz uçun ham ayni haqiqatdir.
Töy qiliş, buni köpçilikka ma'lum qiliş yaxşi, lekin bu oilaning kelajagiga yomon ta'sir ötkazadi. Şu töyga atalgan pullarga yoşlarni uy-joy bilan ta'minlaşga, oilasining moliyaviy ahvolini yaxşilaşga, ta'lim olişiga şaroit yaratib bersak, qançalik baxtiyor oilani tuzgan bölamiz. Qançadan-qança oilalar iqtisodiy ahvoli tufayli hozir töy qila olmayapti. Menimça, 30 kişilik töyni doimiy qiliş vaqti keldi”, - deyiladi petitsiyada.
Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Kengaşi va Senati Kengaşining “Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi Qöşma qarorida belgilangan töylarga 200 kişidan ortiq mehmon çaqirmaslik haqidagi qoidani “30 kişilik” deb özgartiriş taklif qilingan.












