Boks böyiça sobiq mutlaq jahon çempioni Roy Jonsning menejyeri Jolt Barna Jonsning Mayk Taysonga qarşi jangidan oldin uning quloğini suğurtalab qöymoqçi.
Afsonaviy boksçilar AQŞning Karson şahrida 12 sentyabrda 8 raunddan iborat körgazmali jang ötkazişmoqçi.
“1997 yil iyunda Tayson Evander Xolifild bilan jangda raqibi quloğining bir qismini tişlab uzib olganini hisobga olib, menejyer bunday holat yuz berişi mumkinligini nazarda tutişga qaror qildi”, deyilgan xabarda.
Xolifild va Tayson 1996 va 1997 yilda 2 ta jang ötkazgan. Janglarning ikkisida ham Xolifild ğalaba qozongan. 1-jangda Tayson 11-raundda nokautga jönatilgan, 2-jangning 3-raundida esa raqibining quloğini 2 marta tişlab olgani uçun jangdan çetlatilgan. “Tişloğiç” Taysonning bunday harakatlari natijasida Xolifild öng quloğining bir qismidan ayrilgan. “Temir Mayk” uşbu qilmişi uçun 3 mln dollar jarima tölagan va bir yilga boksçilik litsenziyasidan mahrum etilgan.
Hozirda Tayson 54 yoşda bölib, uning hisobida 58 ta jangdan 50 ta ğalaba va 6 ta mağlubiyat bor. Uning iştirokidagi yana ikkita jang bölib ötmagan deb topilgan. U mutlaq jahon çempioni, WBC, WBA va IBF versiyalari böyiça jahon çempioni bölgan. 2 marta (1989, 1990 yillar) vazn toifasidan qat'i nazar dunyoning eng yaxşi boksçi deb topilgan.
Uning bölğusi raqibi Roy Jons 51 yoşda bölib, 2018 yilda faoliyatini yakunlagan. U ham öz vaqtida mutlaq jahon çempioni bölgan, bir neça vazn toifasida çempionlikni qölga kiritgan. 3 marta (1996, 1999 va 2003 yillar) dunyoning eng yaxşi boksçi deb topilgan. Uning hisobida 66 ta ğalaba va 9 ta mağlubiyat bor.












