Tantanali marosim 6 avgustda Polşa parlamentining quyi palatasi – Seymning yiğilişlar zalida bölib ötdi.

Mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq, Duda Milliy yiğin oldida prezident qasamyodini keltirgan.

Inauguratsiyada an'anaviy ravişda deputatlar va senatorlar, hukumat, diniy taşkilotlar, qurolli kuçlar vakillari, xorijiy diplomatlar iştirok etgan. Şu bilan birga, marosimga taklif qilingan köplab siyosatçilar unda iştirok etişdan boş tortişgan. Ulardan ba'zilari buni siyosiy nuqtayi nazardan qilişgan bölsa, ba'zilari esa pandemiya sababli marosimga kelişmagan.    

Koronavirus sababli inauguratsiya sanitariya çoralariga rioya qilingan holda ötgan. Köpçilik, jumladan Duda va uning rafiqasi himoya niqoblarida bölgan.

Duda Polşadagi prezident saylovlarining 2-bosqiçida kiçik farq bilan raqibi - Varşava meri Rafal Tşaskovskiyni ortda qoldirgandi. Duda uçun 51,03 foiz, Tşaskovskiyga esa 48,97 foiz saylovçilar ovoz bergan.  

Duda prezident lavozimini yana 5 yil davomida egallaydi.