“Menga koronavirusni yuqtirişgan. Biz hozir buni tergov qilmoqdamiz”, deb aytgan Lukaşenko ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida. Lukaşenkoning bu sözlarini Minskdagi intervyuda iştirok etgan “Gordon” naşri boş muharriri Alesya Batsman keltirib ötdi.

28 iyulda Belarus prezidenti koronavirusga çalingani, biroq undan soğayib ketganini ma'lum qilgan. “Siz bugun koronavirusni “oyoqda” ötkazgan odam bilan uçraşmoqdasiz. Keça şifokorlar şunday xulosa berdi. Simptomlarsiz”, deb aytgandi Lukaşenko.

Belarus rahbari kasallikni alomatlarsiz ötkazganidan mamnunlik bildirgan. “Men avval ham aytganimdek, aholimizning 97 foizi bu kasallikni simptomsiz ötkazdi. Yaxşiyamki, men simptomsizlar guruhidaman. Nihoyat bu kasallikni yengib ötib, Belarusning oltin fondiga qöşildim»,  deya hazillaşgandi Lukaşenko. 

Belarus prezidenti koronavirusni qaçon boşdan ötkazganiga aniqlik kiritmagan.