Hujjat Prezidentning "Özbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholaş tizimini yanada takomillaştiriş va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantiriş töğrisida" 2019 yil 15 avgustdagi PQ-4419-son qarorini amalga oşiriş doirasida işlab çiqilgan.
 
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
 
a) texnik jihatdan malakaliligini ma'qullaş (ma'qullaş) faqat quyidagi sinov laboratoriyalariga nisbatan amalga oşiriladi:
 
şaxsiy (işlab çiqariş) ehtiyojlari uçun özlari işlab çiqarayotgan mahsulotlar va/yoki kirib kelayotgan xomaşyo, materiallar yoki tayyor mahsulotlarni sinovdan ötkazuvçi işlab çiqaruvçilar va iste'molçilar laboratoriyalari;

mahsulotlar, işlab çiqariş jarayoni va xizmatlarni sertifikatlaştiriş jarayonida iştirok etişga da'vo qilmaydigan laboratoriyalar;
 
b) qonunlar, Prezidentning va (yoki) Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan ma'lum bir soha yoki yönalişdagi mahsulotlar, işlab çiqariş jarayonlari va xizmatlarning muvofiqligini baholaş işlarini olib boriş uçun vakolatli etib belgilangan davlat boşqaruvi organlari va boşqa taşkilotlar huzurida taşkil etiladigan muvofiqlikni baholaş organlari muvofiqlikni baholaş böyiça vakolatli organlar hisoblanadi. Ularga yuklangan vazifalar va fuksiyalarga boğliq ravişda belgilangan tartibda ma'qullaş yoki akkreditatsiya tartib-taomilidan ötadilar;
 
v) muvofiqlikni baholaş böyiça vakolatli va ma'qullangan organlarning reyestrini yuritiş va yangilaş Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi huzuridagi "Akkreditatsiya markazi" davlat unitar korxonasiga yuklanadi;
 
g) laboratoriyalar uçun ma'qullaş tartibidan ötiş ixtiyoriydir, uşbu qarorda nazarda tutilgan, şuningdek, Özbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida majburiyligi belgilangan holatlar bundan mustasno.
 
Şuningdek, quyidagilar belgilandi:

muvofiqlikni baholaş böyiça organlar idoraviy mansubligidan, taşkiliy-huquqiy şaklidan va faoliyati ixtisosligi turidan qat'i nazar akkreditatsiyadan ötişdan manfaatdor bölsalar, akkreditatsiyadan ötiş huquqiga egadirlar;