Sentabr oyidan boşlab yuqori bosqiç (ikkinçi bosqiçdan boşlab) talabalari uçun öqiş onlayn tarzda boşlanadi. Bu haqda Respublika oliy ta'lim kengaşi raisi Öktam Umurzoqovga asoslanib, ÖzA xabar tarqatdi.

«Yangi öquv yiliga tayyorgarlik masalasi ham juda murakkab bölib turibdi. Mart oyidan buyon biz onlayn tizimida darslarni ötkazyapmiz, lekin xohlaymizmi-xohlamaymizmi, onlayn tizimi odatiy, yuzma-yuz dars ötiş tizimining örnini bosa olmaydi.

Hozirça sentabr oyidan boşlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga öqişni onlayn tarzda boşlaymiz, oktabr oyida 1-kurslarni ham qabul qilib olganimizdan keyin pandemiya sal yumşasa, unda balki an'anaviy tizimga yana qaytarmiz, – dedi Öktam Umurzoqov.

Eslatib ötamiz, OTMlarga kiriş imtihonlari qaçondan boşlanişi hozirça noma'lum. 6 avgust kuni prezident huzuridagi yiğilişda mas'ul vazirlik va idoralarga yuqori kurs talabalari yangi öquv yilini sentyabrdan masofaviy şaklda boşlaşlari uçun tegişli çora-tadbirlarni köriş böyiça topşiriq berilgan.

Şuningdek, koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida imtihonlar oçiq stadionlarda, kuniga ikki smenadan taşkil etiladi. Testlarni 12-14 kunda yakunlaş möljallanmoqda.