Senator Mahmud Parpiyevning qayd etişiça, hozirgaça amal qilib kelgan «Ta'lim töğrisida»gi qonun 1997 yilda qabul qilingan bölib, u ta'lim sifatini ta'minlaş böyiça zamonaviy talablarga javob bermaydi.

Mahmud Parpiyev Foto: Senat matbuot xizmati

«Yangi qabul qilinayotgan qonunda ta'lim muassasasi xodimlari, ta'lim oluvçilar va ota-onalarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ta'lim jarayoni qatnaşçilarining ijtimoiy himoyasi masalalariga oydinlik kiritilmoqda.

Hujjat orqali boşlanğiç, kasb-hunar ta'limi, kasb-hunar maktablarida bitiruvçilar negizida bepul asosda kunduzgi ta'lim şaklida umumta'lim va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalaşgan dasturlari asosida ta'lim amalga oşirilişi belgilangan.

Şuningdek, qonun endilikda ta'limning nodavlat şaklini rivojlantirişga, jamiyatimizda intelektual mulk salohiyatidan samarali foydalaniş, ilm-ma'rifatga doir iş joylari kengayişiga imkon beradi», deya senatorning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinişiça, qonunda ta'lim olişning yangi şakllari haqida bandlar kiritilmoqda. Xususan, işlab çiqarişdan ajralmagan holda ta'lim oliş, ya'ni sirtqi, keçki, masofaviy, dual, oilada va mustaqil ta'lim oliş, katta yoşdagilarni öqitiş va ularga ta'lim beriş, mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qiliş faoliyati sohasida kadrlar tayyorlaş, inkyulziv va eksternal tartibda ta'lim oliş şakllari körsatilgan.

Mazkur qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.