Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik olib borishi holati yuzasidan axborot tayyorlash jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a'zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 22 iyundagi PQ-4756-son qaroriga asosan, xalqaro shartnomalar doirasida va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi, tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligi va a'zolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foyda, amalda to‘langan a'zolik badallari to‘g‘risida ma'lumotlarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 9 avgustdagi F-5017-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a'zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 22 iyundagi PQ-4756-sonli qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda – vakolatli organlar) tomonidan joriy yilda “Ijro.gov.uz” tizimi ishga tushirilgandan so‘ng, keyingi yillarda esa yil davomida, lekin har yili 1 dekabrdan kechikmagan holda, “Ijro.gov.uz” tizimiga, o‘zlariga biriktirilgan xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi, tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligi va a'zolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foyda, amalda to‘langan a'zolik badallari to‘g‘risida ma'lumotlar kiritiladi;
Tashqi ishlar vazirligi joriy yilda “Ijro.gov.uz” tizimi to‘liq ishga tushirilib, vakolatli organlar tomonidan tegishli ma'lumotlar kiritilgandan so‘ng, keyingi yillarda esa har yili 15 dekabrgacha bo‘lgan muddatda, “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan ma'lumotlarni umumlashtirgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:














