2020 yilning 3 avgust kuniga ötar keçasi soat 03:30larda, voyaga yetmagan 17 yoşli I.O‘. Andijon şahri, Furqat köçasida joylaşgan avtomaşinalarni yuviş şoxobçasida oğzaki kelişuv asosida yollanma işçi sifatida işlab kelgani holda, mazkur şoxobça rahbari bölgan fuqaro S.B.ga tegişli oq rangli Spark rusumli avtomaşinani qulflanmagan va kalitini öt oldirgiçda qoldirganligidan foydalanib, mazkur avtomaşinani olib qoçgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, I.O‘. şu kuni soat 13:30larda, Andijon tumani, Kelajak avlod köçasida boşqarib ketayotib, yuk maşinasining orqasiga borib urilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan voyaga yetmagan 17 yoşli I.O‘.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida voyaga yetmagan I.O‘. protsessual tartibda uşlangan va gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilingan.

















