The New York Times xabariga köra, kema 2018 yil boşida çökib ketgan. Jurnalistlar sputnikdan olingan fotosuratlar, kemalar harakati haqidagi ma'lumotlarni örganib, şunday xulosaga kelişgan.
Kema 2013 yili Gruziyaning Batumi portidan 2,7 ming tonna ammiak selitrasi bilan Mozambikka qarab yölga çiqqan. Ximiyaviy modda Rustavi Azot L.L.C. kompaniyasiga tegişli bölgan.
Kema Bayrutga rejadan taşqari kirib borganida, texnik nosozliklar sababli politsiya tomonidan uşlangan. Sputnikdan olingan fotosuratlarga köra, 2015 yilga kelib kemada heç qanday yuk qolmagan. 2018 yil fevral oyida portning şimoliy qismida turgan kema çöka boşlagan va bir neça kun içida suv ostida ğarq bölgan.
Bayrutga yetkazilgan selitra kema çökib ketgan joydan 450 metr uzoqlikdagi omborda saqlangan.
Avvalroq, Bayrutdagi juda kuçli portlaşga sabab bölgan ammiak selitrasi yuki xabarovsklik Igor Greçuşkinga tegişli Rhosus kemasidan konfiskatsiya qilingani, söngra tadbirkor bankrot bölib, kemani taşlab ketgani, uning bortida işlayotgan rossiyalik va ukrainalik dengizçilar esa 1 yil davomida mamlakatda qolib ketişgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bayrut portidagi kuçli portlaş 4 avgust kuni sodir böldi. Natijada, şaharga juda katta zarar yetkazildi, 4 mingdan ortiq odam jabrlandi, 300 mingdan ortiği uylaridan mahrum böldi, 100dan ortiğining jasadi topildi.














