Isroilning Bayrut şahri markazidagi «Ramada» (Ramada) nomli mehmonxonaga yöllagan zarbasi oqibatida tört kişi halok bölib, yana 10 kişi jarohat olgan. Bu haqda Reuters agentligi Livan soğliqni saqlaş vazirligiga asoslanib xabar tarqatdi.

Isroil harbiylari mehmonxonadagi nomerlardan biriga 8 mart tongida zarba bergan. Agentlik qayd etişiça, bu ötgan haftada Isroil va «Hizbulloh» örtasida harbiy harakatlar boşlanganidan buyon Bayrut markaziga ilk bor zarba berilişi bölmoqda.

Isroil mudofaa armiyasi Islom inqilobi muhofizlari korpusining Bayrutdagi bölinmasi hisoblangan «Quds» kuçlarining muhim qömondonlariga qaratilgan aniq zarba yöllaganini ma’lum qilgan. Ular Isroilga qarşi hujumlarni rejalaştiriş bilan şuğullangani qayd etilgan.

Isroillik harbiylar zarba berişdan oldin «tinç aholiga zararni minimallaştiriş» çoralari körilganini ta’kidlagan.

Livandagi «Hizbulloh» guruhi ötgan haftada Isroilga raketa va dronlar uçiriş orqali mamlakatni Yaqin Şarqdagi uruşga tortdi. Eron tomonidan qöllanadigan uşbu guruh bu harakati orqali Isroil va AQŞning Eron böylab zarbalariga javob qaytargandi. Isroil bunga javoban Livanning janubiy va şarqiy qismlari, şuningdek poytaxt Bayrut atrofidagi hududlardagi pozitsiyalarni öqqa tutişga kirişdi. Rasmiylarning sönggi ma’lumotlariga köra, zarbalar oqibatida 300 ga yaqin kişi halok bölgan, yana yuz minglab livanliklar öz uylarini tark etişga majbur bölgan.