Qayd etilişiça, mazkur qaror Qirğiziston fuqarolar muhofazasi komissiyasi tomonidan qabul qilingan. Qaror komissiya raisi, Bişkek şahri hokimi örinbosari Aziz Alimqulov tomonidan imzolangan.
Agentlikning yozişiça, şaharga kiriş va çiqişda jami 12 ta post örnatilgan bölib, u yerda FVV, SSV, IIVning 152 nafar xodimi faoliyat olib borgan.
Qirğizistonda ötgan sutkada 665 kişi koronavirusdan tuzalgani qayd etilan. Bişkek şahrining özida COVID-19dan soğayganlar soni 142 nafarni taşkil etadi.
Şu bilan birga, sönggi 24 soat içida 8 kişi uşbu kasallikdan vafot etgani holda poytaxtda birorta ölim holati kuzatilmagan. Pandemiya boşlangandan buyon respublikada 1459 kişi koronavirus qurboni bölgan. Ayni paytda 7050 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda.













