Vazirlar Mahkamasida boş vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yiğilişi ötkazilmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, videoselektor yiğilişida Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi faoliyati tanqidiy muhokama qilinmoqda.
Hukumat rahbari moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarga respublika budjetidan ajratilgan bir martalik moddiy yordam pullarini tarqatişda sustkaşlikka yöl qöygan ayrim mahallalar raislarining qilmişini keskin tanqid qildi.
Boş vazir buni heç qaysi mezon bilan oqlab bölmasligini ma'lum qilgan.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 4 avgust kuni pandemiya davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalar röyxatlarini töğri va haqqoniy şakllantiriş, ajratilgan mablağlarni adolatli tarqatiş böyiça aniq körsatmalar berildi.
Davlat nozirlik organlariga mablağlarning töğri taqsimlanişi va tölanişi yuzasidan doimiy nazorat örnatiş, qonun buziliş holatlarining oldini oliş topşirildi.
Öz navbatida, Boş prokuratura röyxat asosida ehtiyojmand oilalarga bir martalik yordam puli tarqatilişi jarayonida qonunbuziliş holatlari kuzatilayotganiga oid ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Unda yordam puli ajratilişidagi qonunbuzilişlar yuzasidan prokuraturaga murojaat qiliş söraldi.
Toşkentda moddiy yordam pullari faqat “Temir daftar”ga kiritilganlarga tarqatilgani haqida hokimlik vakili vaziyatga oydinlik kiritdi.
«Temir daftar» ma'lumotlari elektron bazaga kiritilyapti – vazirlik













