Nagoya şahri meri T.Kavamura

Joriy yilning 7 avgust kuni Özbekiston boş vaziri örinbosari - investitsiya va taşqi savdo vaziri S.Umurzoqov Nagoya şahrining (Yaponiya) meri T.Kavamura bilan videomuloqot ötkazdi.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi xabariga köra, muzokaralar çoğida iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, turizmni rivojlantiriş, mutaxassislar bilan almaşiş, havo parvozlarini faollaştiriş, şuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraşdagi hamkorlikni kengaytirişga oid keng kölamli masalalar körib çiqildi.

investitsiya va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov

Toşkent va Nagoya örtasidagi birodarlik aloqalarini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratildi. Şu nuqtai nazardan, Nagoyada Toşkent şahar hokimligi vakolatxonasini oçiş istiqbollari muhokama qilindi. Vakolatxonaning oçilişi iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, töğridan-töğri reyslarni köpaytiriş orqali ikki şahar örtasida sayyohlik oqimini oşiriş, tajriba almaşiş, texnologiyalar va yuqori malakali mutaxassislar bilan tizimli hamkorlikni yölga qöyişning qöşimça vositasiga aylanadi.

Şuningdek, Nagoya şahri bilan madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlik doirasida yuqori darajadagi qöşma tadbirlar ötkazilişiga tayyorgarlik köriş hamda özbek va yapon tadbirkorlari örtasida töğridan-töğri aloqalar örnatiş uçun möljallangan alohida biznes-forum taşkil etiş böyiça yaqindan hamkorlik qilişga kelişib olindi.

Koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşda Nagoya şahri tajribasini joriy etiş imkoniyatlari alohida körib çiqildi. Hozirgi kunda şaharda rivojlangan va barqaror soğliqni saqlaş tizimi hamda yuqori malakali tibbiyot xodimlarining mavjudligi tufayli infeksiyaning past darajada tarqalişi kuzatilmoqda. Tomonlar Toşkent tibbiyot akademiyasi va Nagoya universiteti örtasida soğliqni saqlaş sohasida kadrlarni tayyorlaşga oid hamkorlikni rivojlantiriş böyiça özaro kelişib, bu boradagi kelgusidagi amaliy harakatlarni belgilab oldilar.

Muzokaralar çoğida qöşma loyihalarni amalga oşiriş bilan boğliq bir qator alohida masalalar ham muhokama qilindi. Xususan, Toşkent şahrida yuqori texnologiyali IT-parkini yaratiş borasidagi işlarning borişi va uşbu taşabbus ijrosini jadallaştiriş böyiça ustuvor çora-tadbirlar muhokama qilindi.