26 iyun kuni Kun.uz'da «Bir yildan beri sarsonmiz» – Zangiotada 10 nafar tadbirkor ikki hokimlik örtasida «koptok» qilinmoqda» nomli maqola e'lon qilingan edi.

Unda Zangiota tumanidagi Eşonguzar qörğonida qurilayotgan istirohat boği örnida tadbirkorlarga tegişli noturar binolar kompensatsiya masalasi töliq hal qilinmasdan turib buzib taşlangani, kompensatsiya örniga berilgan yerga esa bu tadbirkorlar egalik qila olişolmayotgani aytilgandi.

Uşbu tadbirkorlar tahririyatimizga qayta murojaat qilişdi. Ularning ma'lum qilişiça, oradan 1 oydan oşiq vaqt ötganiga qaramay hamon muammo hal etilmagan.

Vaholanki, Zangiota tumani hokimining quriliş masalalari böyiça örinbosari Jasur Usmonaliyev holat yuzasidan Kun.uz'ga bergan izohida mavjud kamçiliklarni bir hafta içida töğirlab, Toşkent viloyat hokimligiga taqdim qilişini aytib ötgan edi.

5 avgust kuni hokim örinbosari Jasur Usmonaliyev bilan boğlanganimizda tadbirkorlarga tegişli barça hujjatlar tayyorlanib, viloyat hokimligiga topşirilgani, viloyatda maxsus komissiya körib çiqayotganini ma'lum qildi. Şundan söng Toşkent viloyat hokimligi matbuot xizmatidan ham holat böyiça izoh söradik.

«Zangiota tuman hokimligida muammo yöq. Işlarni yakunlaş viloyat hokimligida qolgan. Kerakli taşkilotlarga sörov yuborilgan va natijasi tez orada ma'lum qilinadi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati izohida.

Turgan gapki, bu javob tadbirkorlarning xavotir va taşvişlarini aritgani yöq. Sababi deyarli bir yildan oşibdiki, har safar murojaat qilinganda şunday mazmunda javob olinadi. Masala bir oy avval tahririyat tomonidan örganilganda «bir hafta içida hal böladi» deyilib, ammo bir oydan buyon sudralayotgani ham tadbirkorlarning bu xavotirlari örinli ekanini körsatmoqda.

Tadbirkorlarning mulklarini noqonuniy buzgan hokimlik öz aybini yuviş uçun ularga kompensatsiya sifatida berilgan yerni tezroq qonuniylaştiriş örniga, işni paysalga solayotganini qanday tuşiniş mumkin?

Işlari töxtab qolgan tadbirkorlarning ahvoli bugungi karantin davrida yanada oğirlaşmoqda. Ularning körgan moddiy zarari, behuda sarflangan vaqti va boy berilgan foydasi uçun kim javob beradi?