Bu çindan özgaça saylov böladimi?
Köpçilik Belarus prezidentligi uçun ötadigan bu saylov özgaça bölişi, Lukaşenko unda ğolib çiqişi qiyin bölişini aytmoqda. Ammo bu töğri emas. Lukaşenkoga qarşi namoyişlar birinçi marta sodir bölayotgani yöq. Avval ham şunday bölgan. Masalan, 2001 yilgi prezidentlik saylovlaridan oldin va keyin norozilik aksiyalari bölib ötgan. Şunçaki, internet zamoni bölgan bugungi kunda voqealar rivoji töliqligiça yoritilmoqda.
Nomzodlar. 5 kişidan 2 nafari ayol
Bugungi saylovlarda 5 nafar nomzod röyxatdan ötkazilgan. Ulardan ikki nafari ayol kişi. Quyidagi nomzodlar Belarus prezidenti böliş uçun kuraş olib borişadi:
- Aleksandr Lukaşenko. Belarus prezidenti. Mustaqil nomzod
- Sergey Çereçen. Belarus sotsial-demokratlar partiyasi rahbari.
- Anna Kanopatskaya. Belarus vakillar palatasi 6-çaqiriq sobiq deputati. Mustaqil nomzod.
- Andrey Dmitriyev. «Govori pravdu» birlaşmasi tomonidan ilgari surilgan nomzod.
- Svetlana Tixanovskaya. Tarjimon. Mustaqil nomzod.
Körib turganingizdek, bir qaraşda Lukaşenko uçun saylov juda yaxşi ötişi körinib turgandek, çunki «piçoqqa ilinadigan» nomzodlar oldinroq safdan çiqqandi. Saylovda prezidentga asosiy nomzod sifatida qaralgan bankir Viktor Babariko köplab ayblovlar bilan qölga olingan. Endi u saylov natijalarini qamoqxonadagi televizorda körişga majbur. Babariko nomzodini körsatgaç, odamlar uni qöllay boşladi. Babarikoning davlatçilik haqida çiqişlaridan keyin esa xalqni unga ovoz berişdan qaytarib bölmay qoldi. Odamlar Babariko uçun imzo berişga navbatda tura boşlaşdi. Ma'lum bölişiça, Babarikoning nomzodi uçun 435 mingdan ortiq imzo töplangan.
Yana bir nomzod Aleksandr Lukaşenkoga jiddiy raqobat tuğdirişi kutilgandi. Bu – muxolifatçi va tadbirkor Valeriy Tsepkalo. Uni ham nomzod sifatida röyxatga olişdan boş tortişdi. Xuddi Babariko kabi qölga olinişidan qörqqan Tsepkalo çet elga, Rossiyaga ketib qoldi. U Moskvadan turib saylov haqida juda keskin fikrlar bildirmoqda.
Babariko va Tsepkaloning saylov kampaniyalari birlaşgan holda Svetlana Tixanovskayani qöllab-quvvatlaşini ma'lum qilgan. Bu esa nomzod sifatida röyxatdan öta olmagan yana bir işbilarmon Sergey Tixanovskiyning rafiqasini juda köpçilik qöllab-quvvatlaydi degani. Belarus Lukaşenkoning 26 yillik boşqaruvidan keyin özgarişlarga ehtiyoj seza boşladi. Axir rahbariyatga yangi qon kelib turişining qançalik muhimligi davlatçilik tarixining boşlaridan ham ma'lum bölgan. Hatto AQŞdek buyuk davlat asosçisi Jorj Vaşington ham 8 yildan keyin öz örnini böşatib bergan axir.

















