Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida koronavirusni boşidan ötkazgan blogerlar kasallik davrida axborotni qanday saralaş kerakligi haqida öz tajribalari misolida söz yuritdi.
Bloger Şahnoza Soatovaning aytişiça, virus yuqtirgan inson ma'lum vaqtga kelganda depressiyaga tuşib qolişi mumkin.
«Bunday depressiya faqat menda kuzatildi, deb öylagandim. Lekin kasallikka çalingan boşqalar bilan suhbatlaşganimda ular ham asabiy, jiğibiyron bölib qolganini aytişdi. Bu kasallikning ta'sirida yoki inson uzoq vaqt özini betob his qilgani tufayli kuzatiladigan holat ekanligini hali mutaxassislar örganib körişsa kerak.
Men bu holatni boşimdan ötkazayotgan paytda alohida izolyatorga joylaştirilgan holda davolanayotgan edim. Lekin qölimda telefonim bor edi. Turli vahimali axborotlarni qabul qilganim ham jismoniy holatimga ta'sir qilganini sezdim. Şundan söng bir neça kun internet tarmoğidan foydalanmadim», - dedi Şahnoza Soatova.
Blogerning qayd etişiça, koronavirusdan davolanayotgan paytda internet tarmoğidan asosan yaxşi filmlar köriş va kerakli ma'lumotlarni maqsadli izlaş uçun foydalaniş lozim.
Bloger Aziza Qurbonova esa kasallik paytida oilaviy davolanganini ma'lum qildi.
«Turli xabarlar oqimi menga ham yomon ta'sir qildi. Axborot oqimi natijasida ma'lum vaqt kayfiyatim bölmadi. Lekin davolaniş davrida köp feyk xabarlarni aniqladim. Kimdir tibbiy niqobga spirtli mato qöyilsa, yaxşi ta'sir qilişi haqida, boşqa birov esa uzoq muddat tibbiy niqob taqib yuriş pnevmoniyaga sabab bölişi haqida feyk xabarlar tarqatdi.
Bu kabi xabarlarga işonib, ta'siriga tuşib qolmaslik uçun xabarlarning töğri-notöğri ekanini tekşirişni örganiş lozim», - dedi Aziza Qurbonova.
Press klubning uşbu sessiyasida feyk axborotlarni qanday saralaş kerakligi va davolaşga oid ma'lumotlarda aniqlik bölişi lozimligi haqida ham söz yuritilgan edi.












