“Salom, mening nomim – gaz. Lekin bunga şubham bor. Kuçim faqat miltillaşga yetadi. 20 minutdan beri çoy ham qaynatolmayman.
Egalarim ötmişim-öçoqqa qaytişgan. Ha, şunaqa. Manzilim: Uçtepa tumani Çöponota mahallasi”, deyiladi postda.

Aziza Qurbonova uşbu postga Uçtepa tumani hokimligi hamda “Hududgazta’minot” AJ Uçtepa tumani bölimini teg qilgan.
Postga «Uçtepa tumani hokimligi» nomi bilan röyxatdan ötgan profildan munosabat bildirilgan.
“Böldi-da, Azizaxon, nima qilasiz olovga yoğ sepib? Hamma narsa nazoratga olingan. Qani, bir kun kelib Uçtepada işlang-çi, köraman. Bas qiling xalq ğazabini qözğatişni.
Siz nima qilib berdingiz Uçtepaga? Tepada ötirib, aqllilik qiliş neçoğlik oson-a? Men ham siz ötirgan joyda ançagina ötirganman, lekin bunaqangi kattalik qilib, birovning ğazabini keltirmaganman, Allohga şukur”, deyiladi izohda.

Aziza Qurbonova tuman hokimligi profilidan unga daşnom berayotgan şaxsdan özini taniştirişni söragan.
“Mening ismim — Uçtepa tumani hokimligi va men xalqimning oğir va yengil kunlarida ham birga bölib, ular nafas olayotgan havodan nafas olaman, ular yurgan yöllardan yuraman, ularning dardi bilan yaşayman. Mana men kimman, Azizabonu. Va sizga ham şuni tavsiya qilaman. Özingizdan kattalarga hurmat bilan yondaşişni tavsiya qilaman”, deb javob qilgan «Uçtepa tumani hokimligi» profilini yuritayotgan şaxs jurnalistning savoliga javoban.
Savoliga javob ololmagan Aziza Qurbonova özi bilan yozişayotgan şaxs tuman hokimining matbuot kotibi Törabek Törayev ekanini taxmin qilgan. Suhbatdoş buni na tasdiqlagan va na inkor qilgan. Aksinça “Törabek Törayev sizdan ançagina yoşi uluğ, u sizning tengdoşingiz emas” deya jurnalistdan hurmat talab qilgan.















