Livan inqirozi. Bayrutliklar amaldorlarni jazolamoqçi, namoyişçilar vazirlik binolarini egallab olgan
|20:32 / 09.08.202029 57713 min
Bayrut aholisi portdagi portlaşda hukumatni ayblab, namoyişlarga çiqmoqda. 4 avgust kuni kamida 158 kişi ölimiga sabab bölgan portlaşdan keyin boşlangan namoyişlar davomida 8 avgust kuni önlab namoyişçilar Taşqi işlar vazirligi binosini egallab oldi. Köp ötmay armiya ularni vazirlik binosidan siqib çiqargan, ammo ular boşqa muassasalar binolariga bostirib kirişgan.
Foto: AFPFoto: AFP
Livanliklar uşbu fojiada hukumatni korrupsiya va mas'uliyatsizlik tufayli ayblamoqda.
Portlaş oqibatida şu vaqtgaça 158 kişi halok bölgani tasdiqlangan, önlab kişilar bedarak yöqolgan, 6 mingdan ortiq kişi turli darajada tan jarohati olgan. Portlaş şaharning bu qismidagi köplab binolarni butunlay vayron qilgan, şaharning yarmidagi binolar turli darajada şikastlangan.
Dastlabki qurbonlar orasida fransuz arxitektori, fuqarolar uruşidan keyin şaharni tiklaşda xizmat körsatgan Jan-Mark Bonfis va portlaşdan keyin voqea joyiga birinçilardan bölib yetib kelgan öt öçiruvçi Saxar Fares bölgan. Şuningdek, germaniyalik diplomatlardan biri portlaş qurboniga aylangan.
Payşanba kuni keçqurun hukumat Bayrut portining 16 xodimi qölga olingani haqida xabar berdi.
Makronning taşrifi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 5 avgust kuni Livanga kelib, Bayrut köçalarini aylandi. Livan öz vaqtida Fransiya mustamlakasi bölgan va ikki davlat örtasida aloqalar saqlanib qolgan.
Şahar aholisi vakillari Makrondan moliyaviy yordam söraşdi va pullarni «korrupsiyaga botgan hukumat qöliga bermaslik»ni iltimos qilişdi. Makron fransuzlarning insonparvarlik yordami korrupsionerlar qöliga tuşmasligini va'da qildi.
U şuningdek, mamlakatga yangiça «siyosiy tartib zarurligi»ni ta'kidladi. Makron Livan hukumatiga faqat islohotlar evaziga moliyaviy yordam berilişini ma'lum qildi.
Mahalliy aholi vakillari hukumat fojia oqibatlarini bartaraf etişda sustkaşlikka yöl qöyayotganidan şikoyat qilgan.
Şaharda yaşovçilardan biri, rejissyor Jud Çihab BBC bilan suhbatda şunday degan: «Bayrut yiğlamoqda, Bayrut baqirmoqda, odamlar sarosimada, ular juda çarçaşgan».
Mahalliy aholi vakillaridan biri, portlaşdan keyin şifoxonaga yotqizilgan Çadia Elmuşi Nun şunday dedi: «Men butun hayotim davomida bizni layoqatsiz odamlar, layoqatsiz hukumat boşqarib kelganini his qildim... Ammo hozirgi holat - jinoyatdir».
Portlaş sabablari
Livan prezidenti Mişel Aun dastlab portlaşga port hududidagi omborxonada xavfsizlik çoralariga rioya qilinmagan holda saqlangan 2750 tonna miqdoridagi ammiak selitra sabab bölganini rasman ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
Keyinroq u portlaşning aniq sabablari hozirça aniqlanmagani, taxminlardan biriga köra, «taşqaridan aralaşuv ehtimoli mavjudligi», portlaş bomba yoki raketa zarbasi natijasi bölişi ham mumkinligi haqida gapirdi.
«Men Fransiya prezidentidan havoda samolyot yoki raketa bölganligini aniqlaş uçun aerofotosuratlarni taqdim etişni şaxsan söradim», dedi Aun.
Doimiy ravişda Liviya bilan uruş holatida bölib kelgan Isroil ham bu hodisaga aloqadormasligini ta'kidlamoqda.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan hodisa sababi tuşunarsizligini aytgan, ammo öz çiqişida 2005 yilda Livanning sobiq boş vaziri Rafiq Haririy kuçli portlaş oqibatida halok bölganini eslab ötgan.
Portlaş sabablarini tekşiriş davom etmoqda. Livan mudofaa kengaşi aybdorlarga maksimal darajada jazo tayinlanişini ma'lum qilgan.
Harbiy sud vakili Fadi Aqiqiyning Liviya milliy axborot agentligiga aytişiça, harbiy prokuratura portlaş sabablarini örganiş böyiça tekşiruvning birinçi bosqiçini yakunlagan.
«Angarda ta'mirlaş işlari olib borgan va portlovçi moddalar saqlanişiga mas'ul bölgan port ma'muriyati kengaşi va bojxona boşqarmasidan bölgan 18 kişi söroq qilindi. Şu vaqtgaça 16 kişi qölga olingan, - degan Aqiqiy.
Xalqaro tekşiruv ötkaziş taklifi
Amnesty International va Human Righs Watch qöşma bayonotida hodisa sabablari böyiça mustaqil tekşiruv ötkazişga çaqirgan.
Makron ham jahon hamjamiyatini «şubhaga örin qoldirmaslik uçun» fojia böyiça tekşiruv ötkazişga çaqirdi. Bu ğoya Livandagi qator siyosatçilar, jamoatçilik faollari tomonidan ham qöllab-quvvatlanmoqda.
Ammo Livan prezidenti bunday tekşiruv asl vaziyat xato talqin qilinişiga olib kelişi, şuningdek, tekşiruv işlarini çözişini aytgan va bu taklifni qat'iy rad etgan. Şu bilan birga, 1990 yilda Suriya aviatsiyasi tomonidan prezidentlik saroyi bombardimon qilingaç (u 1988-1990 yillarda Livan boş vaziri bölgan), Fransiya elçixonasi orqali uşbu davlatga qoçib ketib, 15 yil Parijda quvğinlikda yaşagan Aun Makron bilan oçiqçasiga bahslaşmoqçi ham emas.
«Hizbulloh» birdamlikka çaqirmoqda
Livandagi şialar va «Hizbulloh» partiyasi yetakçisi, şayx Hasan Nasrulloh (u Livanning hozirgi hukumatini qöllaydi va parlament vakili hisoblanadi) telemurojaatida fojia böyiça gapirdi.
U ham Aun kabi xalqaro tekşiruvga qarşiligini aytib, siyosatçilarni Livan armiyasiga işonişga çaqirdi.
U millatni birlikka çaqirdi hamda taşkilotning portlaşga aloqadorligi haqidagi gaplarni inkor etib, «Hizbulloh» portda portlovçi moddalar saqlamaganini bildirdi.
Şuningdek, jahon davlatlaridan kelayotgan insonparvarlik yordamlari va Fransiya prezidentining taşrifi haqida iliq fikrlar bildirgan.
«Hizbulloh» rahbari portlaş taşqaridan hujum oqibatida röy bergan bölsa ham, selitra yillar davomida portda sovuqqonlik va mas'uliyatsizlik tufayli saqlab kelganini inkor etib bölmasligini qöşimça qilgan.
Inqiroz örtasidagi inqiroz
BMT rahbariyati Livanda jiddiy gumanitar inqiroz boşlanişi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Mamlakat şusiz ham oğir iqtisodiy holatga tuşib qolgandi, endi esa bu holat halokatga aylanişi mumkin.
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bayonotida aytilişiça, Bayrutda port vayron bölişi mamlakatga oziq-ovqat yetkazib berişga jiddiy ta'sir körsatadi, bu esa narxlar yanada qimmatlaşiga olib keladi. Taşkilot Livanga oziq-ovqat, buğdoy va un yubormoqçi.
Portlaşdan oldin ham livanliklarning 75 foizi yordamga muhtoj bölgan, aholining 33 foizi işsiz bölgan, millionga yaqin kişi haddan taşqari qaşşoqlikda yaşagan.
JSST Livan soğliqni saqlaş tizimiga ham katta zarar yetganini ma'lum qilgan, portlaş oqibatida poytaxtdagi jami 500dan ortiq öringa ega uçta şifoxona vayron bölgan. Boşqa şifoxonalar ham portlaşdan jarohatlanganlar bilan tölib-toşgani tufayli tizimga yuklama ortib ketgan.
JSST Livanga tibbiy buyumlar va dori-darmon yetkazib bergan, şuningdek, koronavirusga qarşi kuraşni davom ettiriş va birinçi galdagi zarur vositalarni xarid qiliş uçun 15 mln dollar ajratişga çaqirgan.
Portlaş natijasida tibbiy niqoblar, qölqoplar va virusdan himoyalovçi boşqa vositalar yuklangan 17 konteyner ham yöq bölib ketgan.
Ayni vaqtda jahonning köplab davlatlari Livanga yordam yetkazib beriş niyatini bildirgan. AQŞ bu yerga jami 15 mln dollarlik oziq-ovqat va dori-darmon jönatilganini ma'lum qilgan.
Bayrutdagi namoyişlar
8 avgust kuni minglab aholi Bayrut köçalariga norozilik namoyişiga çiqdi. Reuters’ning xabar berişiça, Bayrut markazidagi Şahidlar maydoniga yetti mingga yaqin odam töplangan. «Qiyomat kuni» şiori ostidagi namoyiş iştirokçilari yuqori martabali amaldorlarni jazolaşni talab qilgan - namoyişçilarning fikriça, portdagi portlaşga aynan ular aybdor.
EPA
Sönggi kunlarda port hududiga kirişga uringan ikki vazir mahalliy aholi tomonidan quvib yuborilgan.
Livan boş vaziri Hassan Diab şanba kuni mamlakat aholisiga murojaat qilib, portlaş korrupsiya oqibatida röy bergani haqida gapirdi. U şuningdek, inqirozdan faqat muddatidan avvalgi saylovlar tufayli çiqiş mumkinligini ma'lum qilgan.
«Bizga yangi siyosiy elita va yangi parlament kerak», degan boş vazir va muddatidan avvalgi saylovlar töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqişga va'da bergan.
Şanba kungi namoyişlarda 10 mingga yaqin kişi iştirok etgan, bayrutliklar port hududidan şahar markazidagi Şahidlar maydonigaça yurib borişgan. Maydonda dorlar örnatilgan, ular şu yöl bilan mamlakat rahbariyati haqidagi fikrlarini ifoda etişgan.
Namoyiş vaqtida amaldagi hukmron tuzumni ağdarişga çaqiriqlar bölgan, şuningdek, yiğilgan «Inqilob!», deya ham hayqirgan. Ramziy dorning örnatilişi esa norozilik namoyişining kulminatsiyasiga aylangan — bu, namoyişçilarning fikriça, mas'uliyatsizligi va korrupsiyaga botgani portlaşga olib kelgan amaldorlar uçun bir ogohlantirişdir. Namoyişçilar kötargan plakatlarda «Iste'fo yo dor!» deb yozilgan edi.
«Bu dor «Livanda sönggi 30 yildan beri hokimiyat tepasida turgan» odamlarga möljallangan», degan namoyişçilardan biri Associated Press’ga bergan intervyusida. Dorga Livan prezidenti Mişel Aun va «Hizbulloh» harakati yetakçisi Hasan Nasrullohning suratlari «osilgan». CNN’ning qayd etişiça, ramziy dor bundan 100 yil avval Usmonli saltanati rasmiylari isyon kötargan livanliklarni osgan joyda qad rostlagan.
Tinç namoyişlar politsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib ketgan. Namoyişçilar toş va kaltaklar uloqtirişgan, politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz va rezina öqlar qöllagan. Namoyişçilar yölini tösiş uçun parlament binosiga barrikadalar örnatilgan.
Vazirliklarda nimalar bölmoqda
Kun davomida önlab namoyişçilar vazirliklar va bank assotsiatsiyasi binolarini qamal qilişgan. Avvaliga hukumatga qarşi şiorlarni aytib hayqirgan önlab kişilar prezident Mişel Aunning portretini yoqişgan va Taşqi işlar vazirligi binosiga bostirib kirişgan.
«Biz uddaladik. Bularning barçasi bizniki. Politsiya taşqarida. Ular bizni töxtata olişmadi», deydi namoyişçilardan biri Rebekka BBC muxbiriga.
U binoga 100 nafarga yaqin namoyişçi bostirib kirgani, bu bino ham seşanba kungi portlaşdan şikastlangani haqida aytib bergan. U namoyişçilar boşqa vazirliklar binolarini ham egallaşni maqsad qilganini qöşimça qilgan.
OAV ma'lumotiga köra, namoyişçilarning bu guruhi bir neça soat ötib harbiylar tomonidan vazirlik binosidan haydab çiqarilgan, ammo ular boşqa vazirliklar binolariga hujum qilişgan.
Voqea joyidan olingan kadrlarda namoyişçilar energetika, iqtisodiyot va atrof-muhit vazirliklari binolarini ham egallab olişganini köriş mumkin.
OAV ma'lumotiga köra, tartibsizliklar vaqtida kamida 700 kişi jarohatlangan. Namoyişlar vaqtida xavfsizlik kuçlari xodimlaridan biri halok bölgan, yana bir neça nafari öqotar quroldan yaralangan.
REUTERS
Selitra nega portdan olib ketilmagandi?
Ayni vaqtga kelib Livandagi amaldorlar köp yillardan beri aholi ziç yaşaydigan port hududida ammiak selitra saqlanişi xavfi haqida bila turib jim kelişgani ma'lum böldi.
Jamoatçilik ğazabidan çöçigan bojxona xizmati xodimlari bu işga javobgar emasliklarini körsatiş uçun OAVga ayrim hujjatlarni sizdirişgan.
Unga köra, 2014 yildan 2017 yilgaça ular sudga kamida 5 marta xat jönatib, selitrani eksport qilişga yoki sotişga ruxsat söraşgani ma'lum bölgan. Bu hujjatlardan anglaşiladiki, bojxonaçilar bu yukdan xalos böliş uçun qöllaridan kelgan barça işni qilişgan, ammo sud organlaridan javob bölmagan.
Ammo voqealar rivojining bu talqinida bir nuqta bor.
Al Jadeed naşri jurnalisti Riyoz Kobaysi köp yillar davomida Bayrut bojxonasi va portdagi korrupsiya mavzusini tadqiq qilgan.
Portlaşdan keyingi tunda u öz talqinini bergandi: xat şunçaki tegişli tartiblarga mos kelmagan va sudya qöşimça ma'lumot bilan töldirişni sörab, xatni qaytargan.
Jurnalistning sözlariga köra, bojxonaçilar öşa xatning özini qaytadan yuboraverişgan.
Transport vazirligi söroviga köra, sudya dastlab kemani yukdan böşatişga ruxsat bergan, bunda yukni barça xavfsizlik çoralariga rioya qilgan holda kerakli joyda saqlaş şartligi belgilangan.
«Vazirlik yukni portga yuborgan va bojxonaga topşirgan. Bu katta xato bölgan. Qonun portlovçi moddalarni portda saqlaşni taqiqlaydi», deya Legal Agenda nodavlat taşkiloti vakili Nizar Sargiyening sözlarini keltiradi BBC.
«Hakam xatoga yöl qöymagan, qonun bor, unga köra, kema xavfli yuk bilan çöka boşlasa, sudya uni böşatişga ruxsat berişi mumkin. Vazirlik mas'uliyatni bojxonaga topşirgan. Sudya vazirlikka, vazirlik esa bojxonaga», degan u.
Uning fikriça, yukni sotib yuboriş mumkin edi - bojxona bu huquqqa ega bölgan. Yoki uni yöq qilişga ruxsat söraşi yoki ruxsatsiz yöq qilişi mumkin bölgan, lekin bunday bölmagan.
«Ular qilgan bor iş - öşa xatni qayta-qayta jönatiş bölgan», - deya xulosa qiladi Sargiye.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi