Farmoyişdan ma'lum bölişiça, Mirzo Uluğbek tumani hokimi Şavkat Ergaşev, Uçtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, Çilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov, Yunusobod tumani hokimi Rahmonbek Usmonov va Yaşnobod tumani hokimi Hojiakbar Tillaşayxovga «hayfsan» intizomiy jazo çorasi qöllangan.

Qayd etilişiça, sanab ötilgan tumanlarning rahbarlari «pandemiya davrida aholi tomonidan köplab e'tirozlar bildirayotgani hamda belgilab berilgan topşiriqlar ijrosini ta'minlaşda sustkaşlikka yöl qöygani» uçun jazolangan.

Eslatib ötamiz, 8 avgust kuni Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Şamuratov mansabga sovuqqonlik bilan qaragani, mahallalar bilan işlamaganligi va muhtojlar röyxatini şakllantirişda tizimli iş taşkil qilmaganligi sababli işdan böşatilgani xabar qilingandi.