Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya va Turkiyadan kuçli portlaşdan jabr körgan Livan poytaxti Bayrutga yordam kutayotganini aytdi.
“Yordam berişga çaqiriq Turkiya va Rossiyaga ham yöllangandi. Turkiya videoanjumanga qöşila olmadi, biroq yordamga öz hissasini qöşadi. Men Rossiya ham şunday yöl tutişiga işonçim komil”, deb aytgan Makron Livanga yordam puli yiğiş böyiça ötkazilgan xalqaro donorlik anjumani oçilişida.
Fransiya prezidentining ta'kidlaşiça, boş maqsad Livan xalqiga joylarda yordamni tez va samarali muvofiqlaştirişdan iborat.
Bayrut portidagi kuçli portlaş 4 avgust kuni sodir böldi. Natijada şaharga juda katta zarar yetdi, 5 mingdan ortiq odam jabrlandi, 300 mingdan ortiği uylaridan mahrum böldi, 150dan ortiq odam halok böldi.
Livan rasmiy idoralari ma'lumotiga köra, dengiz portidagi omborda saqlangan 2,75 ming tonna selitra yonida payvandlaş işlarini bajarişda xavfsizlik texnikasi buzilgani portlaşga olib kelgan.














