Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 iyul kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoni Mustaqillik kuni bilan muborakbod etdi. Bu haqda Özbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Belarus Respublikasi Mustaqilligi kuni – mamlakatning asosiy bayrami bölib, poytaxt Minskning 1944 yilda nemis-faşist bosqinçilaridan ozod qilingani şarafiga nişonlanadi.
Mustaqillik kuni bayramini 3 iyulda nişonlaş haqidagi qaror 1996 yilda bölib ötgan referendumda qabul qilingan.
Iyun oyi örtalarida bölib ötgan Belarus-Özbekiston ikki tomonlama hamkorligi böyiça hukumatlararo komissiya yiğilişida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev avgust oyida Belarusga rasmiy taşrif bilan borişi ma'lum qilingandi.












