“Meni mamlakatda 2,5 haftadan keyin non tugaşi juda xavotirlantirmoqda. Mamlakatda 85 foiz ğalla import qilinadi, u vayron bölgan Bayrut porti orqali kiradi”, deb ma'lum qilgan Bizli.
“Biz hozirda portga oziq-ovqat ortilgan kemalarni qabul qiliş qobiliyatini vaqtinça bölsa ham qaytariş bilan şuğullanmoqdamiz. Biz 17,5 ming tonna buğdoy ortilgan kema jönatdik, u 2 haftadan keyin Bayrutga keladi. Bu buğdoy Livanni 20 kunga non bilan ta'minlaşga yetadi”, deb qöşimça qilgan BMT vakili.
Uning ta'kidlaşiça, boşqa yirik yetkazmalar ham rejalaştirilmoqda. Biroq buning uçun port 2 haftadan keyin kemalarni qabul qila olişi kerak. “Şu sababli hozir donorlar yordami zarur. Bizga vaqtinçalik omborlar, kranlar va generatorlar kerak böladi”, deb ta'kidlab ötgan Bizli va Jahon oziq-ovqat dasturining oziq-ovqat ortilgan 3 ta yuk samolyoti Bayrut aeroportiga yetib kelganini ma'lum qilgan.
“Odamlar vaziyatdan darğazab holdalar, bu rost. Biroq köplab yoşlar vayronalardan tozalaşda yordam berayotganlari ilhomlantiradi. Biz haqiqatan ham ança iş qilişimizga töğri keladi”, deb öz sözlarini yakunlagan BMT vakili.
Bayrut portidagi kuçli portlaş 4 avgust kuni sodir böldi. Natijada şaharga juda katta zarar yetdi, 5 mingdan ortiq odam jabrlandi, 300 mingdan ortiği uylaridan mahrum böldi, 160dan ortiq odam halok böldi.
Livan rasmiy idoralari ma'lumotiga köra, dengiz portidagi omborda saqlangan 2,75 ming tonna selitra yonida payvandlaş işlarini bajarişda xavfsizlik texnikasi buzilgani portlaşga olib kelgan.














