Ma'lum qilinişiça, 2019 yil oyida 9093ta fuqarolar yiğinida raislik uçun ötkazilgan saylovlarda 8068 nafar erkak, 1025 nafar ayol saylangan.
«Mahalla fuqarolar yiğini raislarining 5239 nafari oliy, 3620 nafari örta maxsus, 234 nafari örta ma'lumotga ega. Raislarning 164 nafari tegişli viloyat, tuman/şahar kengaşlari deputatlari hisoblanadi.
MFY raislarining 791 nafari ta'lim, 35 nafari mahalliy hokimiyat, 5189 nafari mahalla, 787 nafari tadbirkorlik, 396 nafari huquqni muhofaza qiliş, 45 nafari soğliqni saqlaş, 94 nafari nodavlat-notijorat taşkilotlari, 294 nafari qişloq xöjaligi, 343 nafari fermer xöjaligi, 225 nafari işlab çiqariş, 54 nafari qurolli kuçlar, 13 nafari tijorat banki, 727 nafari boşqa soha vakillaridir», dedi Boymirzayeva AOKAdagi brifingda.
Vazirlik rasmiysiga köra, hozirda respublikada mahalla fuqarolar yiğini soni ötgan yilgiga qaraganda 57taga oşib, 9150taga yetgan.
«Hozirda mahalla fuqarolar yiğinlari soni 9150taga yetgan. Turli sabablarga köra va öz xohişi bilan lavozimidan ketgan raislar örniga tegişli tartibda ötkazilgan saylovlar natijasida boşqa vakillar qöyilgan», dedi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi taşkil etilgandan beri 300 nafarga yaqin MFY raisi işdan böşatilgani aytilgan edi.












