Bu dunyoda rasman röyxatdan ötkazilgan ilk vaksina hisoblanadi. Oldinroq Yevropa va AQŞda rossiyalik olimlarning vaksina işlab çiqariş tempiga şubha bilan qaraşgandi. Farmatsevtika kompaniyalari esa vaksinani röyxatdan ötkazişga şoşmaslikka çaqirgandi.

«Qaytaraman, hamma sinovlar ötkazib bölindi»

Foto: Reuters

«Bilişimça, bugun ertalab koronavirusga qarşi dunyodagi ilk vaksina röyxatdan ötkazildi», dedi Vladimir Putin hukumat vakillari bilan uçraşuvda.

«Men u ança samarali işlayotganini bilaman, vaksina barqaror immunitetni hosil qiladi. Şuni takroran aytamanki: u barça kerakli tekşiruvlardan ötdi», degan Rossiya prezidenti.

Putin Soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşkodan vaksina haqida gapirib berişni söragan.

«Klinik sinovlar vaqtida vaksina yuqori samaradorlik körsatdi va xavfsiz ekani tasdiqlandi. Sinovda qatnaşgan barçada yetarli darajada antitanaçalar paydo bölgan. Öz navbatida ularda immunitet pasayiş holatlari kuzatilmagan», degan Muraşko.

Putinning qizi ham sinovda qatnaşgan

Ma'lum bölişiça, Vladimir Putinning qizlaridan biri ham emlaş jarayonida qatnaşgan. Putin qaysi qizi emlangani haqida aytmagan. U heç qaçon qizlari haqida ma'lumot bermagan, biroq OAVda ularning ismi Mariya Voronsova va Katerina Tixonova ekani aytiladi.

«Vaksina adenovirus bazasida işlab çiqilgan va uning ustunligi şundaki, sinovlar odamlarda ötkaziladi. Vaksina kerakli immunitet şakllantirganidan xabarim bor, axir qizlarimdan biri ham emlaşda qatnaşdi», deydi Putin.

Putinning aytişiça, birinçi emlaşdan keyin qizining isitmasi 38 darajaga kötarilgan, keyingi kunda esa 37 darajadan biroz yuqori bölgan.

«Şu bilan böldi. Ikkinçi ukoldan söng isitmasi biroz kötarildi va keyin «senlaşga ötişdi» (virus bilan çiqişib ketişdi ma'nosida – tarj.), hozir özini yaxşi his qilyapti», degan Rossiya yetakçisi.

Prezident Rossiya vaksinani ommaviy işlab çiqarişni taşkil etişiga umid qilmoqda. Uning ta'kidlaşiça, Rossiyada emlaş ixtiyoriy bölişi kerak.

Öz navbatida, Mixail Muraşko vaksinani Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi hamda «Binnofarm» kompaniyasi işlab çiqarişi haqida xabar berdi.