Litva taşqi işlar vaziri Linas Linkyaviçyusning Tvitter sahifasida yozişiça, siyosatçi ta'qiblardan qoçib, Litvada yaşiringan. Hozir u xavfsiz joyda.

Avvalroq Tixanovskaya Markaziy saylov komissiyasi binosida 3 soat uşlab turilganidan keyin, orqa eşikdan çiqib ketgani haqida xabar berilgandi.

«Svetlana çiqdi va advokatiga bir qarorga kelganini aytib, xayrlaşdi. Uni orqa eşikdan olib çiqib ketişdi. Qanday qarorga kelganiga aniqlik kiritmadi», - dedi yagona muxolifat ştabining a'zosi Anna Krasulina. 

Belarusda 9 avgustda ötkazilgan prezident saylovi natijalaridan norozi bölgan odamlar va kuçişlatar idoralar xodimlari örtasidagi töqnaşuvlar 2 kundan beri davom etmoqda. Rasmiy ma'lumotlarga köra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukaşenko 80 foizdan ortiq, muxolifat yetakçisi Svetlana Tixanovskaya esa 10 foizdan ortiq ovoz töplagan.

Töqnaşuvlar paytida maxsus texnika, suvpurkagiçlar, nurşovqinli granatalar, rezina öqlar qöllanmoqda, militsiya va harbiylar namoyişçilarni tarqatişda iştirok etmoqda. Rasmiy ma'lumotlarga köra, keça tunda 39 nafar harbiy va 50 nafarga yaqin aholi jarohatlangan. Ölganlar haqida norasmiy ma'lumotlar ham bor.