9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari ötkazildi. Unda 80 foizdan köproq ovoz olgan Aleksandr Lukaşenko ğalaba qozondi. 11 foizga yaqin ovoz olgan Svetlana Tixanovskaya esa ikkinçi böldi. Saylovda amaldagi prezidentga asosiy raqobatçi bölgan Tixanovskaya 11 avgust kuni Litvada ekani ma'lum böldi. U Litvadan turib murojaat ham yölladi va heç qanday harakat inson hayotidan ustun bölmasligini aytdi. Oldinroq esa Tixanovskaya odamlarni militsiyaga qarşi çiqmaslik va qonunga böysunişga çaqirdi. Biroq 9 avgustda boşlangan namoyişlar uç kundirki tugamayapti.


VVS'ning yozişiça, namoyişlarni yoritayotgan jurnalistlar harbiylar tomonida kaltaklanmoqda. Bu holatlar tasvirlangan videolar naşrning saytida e'lon qilingan. Minskda yana portlaş ovozlari eşitila boşlagan. Serebryanka tumani hududida kuçli portlaş sodir bölgan va bu holatning videosi ilova qilingan. U yerda 300 çoğli namoyişçilar bölgani aytildi. Harbiy jurnalist Alek Lun öz sahifasida portlaş holatlari tasvirlangan video joylagan.
Jurnalistlar uşlanmoqda
Mahalliy Onliner portalining yozişiça, naşrning muharriri va videomuxbiri qölga olingan. Bu ma'lumotni «RIA Novosti» ham e'lon qildi. Namoyişlar boşlangandan buyon bir qator naşrlar öz jurnalistlari qölga olinganini aytişgan. Masalan, «Meduza», «RIA Novosti» naşrlarining jurnalistlari ham qölga olingan va ular Rossiya elçixonasining aralaşuvidan söng qöyib yuborilgan. «Meduza» jurnalisti Maksim Solopov qölga oliş vaqtida harbiylar tomonidan kaltaklangan. Bu haqda Daily Storm naşri muxbiri Anton Starkov aytgan. U holatning videosi ham özida borligini aytgan.


















