Xabar qilinişiça, Özbekistondagi «R.T. 2020» nomli hamda «S.M.T» nomli mas'uliyati çeklangan jamiyatlar nomiga xorijdan keltirilgan matolar belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazilganida, uşbu tovarlar hujjatlarda körsatilgan tasnifdagi emas, aksinça butunlay boşqa turdagi mato ekani aniqlangan.

«Şunga köra, mazkur tovarlar «Erkin muomalaga çiqariş» bojxona rejimiga rasmiylaştirilganda 674 mln söm (tovarning kelib çiqiş sertifikati taqdim etilganda esa 316.8 mln söm) bojxona tölovlari undirilişi ma'lum böldi.

Foto: Davlat bojxona qömitasi matbuot xizmati

Mazkur holatlar yuzasidan har ikkala MÇJ vakillariga tegişli protsessual hujjatlar rasmiylaştirildi», – deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Maşina oynasidan uloqtirilgan öramda salkam 751 gramm gaşiş borligi aniqlandi

Şuningdek, bojxonaçilar narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatini foş qilişdi.

Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar bilan hamkorlikda Bekobod tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.S. boşqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtoulov kuzatuvga olinadi.

Kuzatuv davomida mazkur avtotransport vositasi töxtaydi va maşinaning old örindiğida ötirgan fuqaro K.R. maşinadan tuşib, yöl çetida yotgan qora rangdagi polietillen öramni oladi hamda maşinada harakatlanişda davom etadi.

Şundan söng bojxona xodimlari tomonidan kuzatuvga olinganini sezib qolgan uşbu şaxs zudlik bilan qölidagi öramni maşina oynasidan taşqariga uloqtiradi.

«Tezkor tadbir davomida uşbu şaxs qölga olindi va uloqtirilgan öram voqea joyidan topildi. Öram xolislar iştirokida oçib körilganida esa undagi modda ekspertlarning xulosasiga binoan, sof vazni 750,95 gramm bölgan «gaşiş» giyohvandlik vositasi ekani aniqlandi va aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi», – deyiladi xabarda.

Foto: Davlat bojxona qömitasi matbuot xizmati