RIA Novosti xabariga köra, ertalab soat 6:50dan boşlab barça ommabop ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar bir vaqtning özida işlab ketgan.
9 avgust kuni ötkazilgan prezident saylovida Belarus böylab internet tarmoği işida va turli resurslardan foydalanişda muammolar kuzatilgan edi. Keyinçalik prezident Aleksandr Lukaşenko xorij davlatlarini mamlakatdagi internetni öçirib qöyganlikda aybladi.
«Kimdir aholini köçaga çiqişga çaqirmoqda. Hatto xorijdan turib internetni öçirişyapti, odamlar orasida norozilik keltirib çiqarişyapti. Hozir mutaxassislarimiz bu muammo bilan şuğullanişmoqda. Agar internet yomon işlayotgan bölsa, bu bizning taşabbus emas, xorijniki», — dedi Lukaşenko.
Belarusda 9 avgustda ötkazilgan prezident saylovi natijalaridan norozi bölgan odamlar va kuçişlatar idoralar xodimlari örtasidagi töqnaşuvlar 3 kundan beri davom etmoqda. Rasmiy ma'lumotlarga köra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukaşenko 80 foizdan ortiq, muxolifat yetakçisi Svetlana Tixanovskaya esa 10 foizdan ortiq ovoz töplagan.
Töqnaşuvlar paytida maxsus texnika, suvpurkagiçlar, nurşovqinli granatalar, rezina öqlar qöllanmoqda, militsiya va harbiylar namoyişçilarni tarqatişda iştirok etmoqda.













