Tixanovskaya saylov natijalarini tan olmasligini ma'lum qildi, keyin köp ötmay yöqolib qoldi. Biroz ötib uning namoyişçilarni militsiyaga quloq solişga çaqirgan videmurojaati paydo böldi. Litvaga ketgaç esa Tixanovskaya yana bir videomurojaat yöllab, «farzandlari eng muhimligi» haqida gapirdi.
Birinçi murojaat
Tixanovskayaning Litvaga ketgani haqida Litva taşqi işlar vaziri Linas Linkyaviçyus ertalab tvitterdagi sahifasida e'lon qildi: «Svetlana Tixanovskaya Litvada va xavfsiz joyda!» deb yozdi Litva TIV rahbari.
Kunning ikkinçi yarmida Tixanovskayaning quyidagi gaplar aytilgan videomurojati tarqaldi:
«Hurmatli Belarus fuqarolari. Mamlakat rahbarini aniqlaş uçun saylovlarda qatnaşganingiz uçun rahmat. Xalq öz tanlovini amalga oşirdi. Sizlarni militsiyaga qarşilik qilmaslikka, maydonlarga çiqmaslikka çaqiraman. Özingiz va yaqinlaringizni xavf ostida qoldirmang».
Keyinçalik bu murojaat Belarus saylov komissiyasi binosida yozilgani ma'lum böldi. Tixanovskaya qoronğu xonada qilingan bu murojaatni öqib bergan.
Ikkinçi murojaat
Keyinçalik Tixanovskaya YouTube'da çiqiş qildi va farzandlar hammasidan ham muhimligini aytdi:
«Boşida saylov kampaniyasi menga şunçalik katta kuç berdiki, hammasiga bardoş bera olaman, deb öylagandim. Biroq men baribir öşa boşidagi kabi ojizaligimça qolgandayman. Juda murakkab qaror qabul qildim. Uni mustaqil qabul qildim. Döstlarim, yaqinlarim, ştab, Sergey (eri, Sergey Tixanovskiy) qarorimga ta'sir qilişgani yöq.
Köpçilik meni tuşunişini bilaman, yana köpçilik hayron qolişadi va yomon körib qoladiganlar ham böladi. Biroq şuni bilişingizni xohlaymanki, men duç kelgan holatga tuşişni Xudo heç kimga ravo körmasin. Hayotimizda mavjud bölgan eng muhimi bu – bolalarimiz», – dedi Tixanovskaya titroq ovozda.
Tixanovskayaning işonçli vakili Olga Kovalkovaning aytişiça, uni mamlakatdan hukumat vakillarining özlari çiqarib qöyişgan. Tixanovskayaning mamlakatni tark etişi uning ştabi rahbari Mariya Moroz qöyib yuborilişiga imkon bergan.













