Deputatlik sörovi qanday savollardan iborat böldi va nima uçun aynan monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga yuborildi?
R.Kuşerbayev: Bilamiz, Özbekistonda raqobat muhitini yaratiş, alohida monopol tarzda faoliyat yuritayotgan tuzilmalar ustidan ham davlat nazoratini amalga oşiriş, iştirokçilarga teng şaroit yaratib berişda vakolatli davlat organi, bu — monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi. «Özavtomotors» tomonidan işlab çiqarilayotgan avtomobillar narxi masalasida yaqinda boşlangan bahslarda, agar mohiyatga qaraydigan bölsak, eng katta norozilik şu tuzilmani monopol sifatida faoliyat yuritayotgani va iste'molçilarga tanlov imkoniyatini bermayotgani bilan boğliq. Şuni inobatga olib, vakolatli davlat organi oldiga talablar qöyiş nuqtai nazaridan, biz sörovnoma yuborişga qaror qildik. Mart oyida narxlar oşgaç fuqarolardan köplab murojaatlar kelib tuşganidan keyin, qömita avtomobillarga nisbatan korxona faoliyati örganayotgani haqida ma'lumot bergan edi. Lekin negadir bu jamoatçilikka e'lon qilinmadi. Bizni xalq vakili sifatida haqqimiz bor-ku, buni bilişga, ya'ni u yerda narxlar nimaga asosan şakllanyapti va umuman monopol sifatida faoliyat yuritişiga nima asoslar bor özi, degan ma'noda bu masalani tegişli tartibni örganib, mana şu vakolatli davlat organi oldiga masala qöyişimiz kerak edi. Bu ham bölsa, fuqarolar talabidan kelib çiqqan holda, albatta. Agar faoliyatiga e'tibor bersak, bu taşkilot hatto monopollik şartlarini ham buzayotgani ma'lum böladi. Avtomaşinalar narxlari ham asoslantirilmagan tarzda oşirilgan.
Doniyor aka, hozir qömitaga yuborilgan deputatlik sörovidan qanday javob kutyapsizlar?

D. Ğaniyev: «Özavtomotors» rasmiy monopol korxona hisoblanadi. Şu bilan birga, «Raqobat töğrisida»gi qonunga muvofiq, monopol korxonaning ham öziga xos majburiyatlari bor. Ustun mavqega ega bölib faoliyat yuritayotgan korxona boşqa iste'molçilarni, xöjalik yurituvçi sub'yektlarni huquqlarini kamsitadigan bölsa, tegişli vakolatga ega davlat organi sifatida Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi unga nisbatan çoralar köriş vakolatiga ega. Şundan umid qilyapmizki, sörov natijasida, agar qömita örganişlari biz kutgan tahlillarni tasdiqlasa, ya'ni «Özavtomotors» tomonidan narxlaş siyosati asossiz amalga oşirilayotgan, iste'molçilarni huquqlarini buzilişi qöpol tarzda aks etayotgan bölsa, tegişli tarzda qömita xulosasini taqdim etgan holda ularga nisbatan çora körilişi kerak. Mansabdor şaxslarga ma'muriy tarzda çora köriladigan bölsa, agarda çindan ham iste'molçilar huquqi kamsitilgani aniqlansa, yetkazilgan zarar qoplanişi közda tutilişi kerak. Biz kutayotgan minimum natija şu. Modomiki, biz monopol bilan yaşaşga majbur bölsak, heç bölmasa monopol korxona sifatida u belgilangan qonun-qoidalarga amal qilib işlaşini talab qilişga öylaymanki, deputat va oddiy fuqaro sifatida, iste'molçi sifatida haqqim bor.













