Huquq-tartibot idoralari şikastlangan binolar joylaşgan hududlarda marodyorlik bilan şuğullangan 40 kişi qölga olingaç, bu hududlarga jandarmeriyaning qöşimça kuçlarini jönatgan.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Şarqiy Örta yer dengizi mintaqasi direktori Riçard Brennan ma'lumotlariga köra, Bayrutda 50 foizdan köproq şifoxona va tibbiy markazlar yaroqsiz holga kelgan. Bayrut meriyasidagi inqiroz ştabi a'zosi Xoda Kustaning ma'lum qilişiça, uçta yirik gospitalga eng köp talafot yetgan. Eng jiddiy talafotlar Bayrutning nasroniy qismidagi Jumayzi va Mar-Mikael dahalarida qayd qilingan. Ayni vaqtda aynan şu hududlarda vayronalarni tozalaş bilan şuğullanayotgan köngillilarning asosiy kuçlari mujassamlaşgan.
4 avgustda yuz bergan portlaşdan şaharga yetgan zarar 15 mlrd dollardan köproqqa baholanmoqda. Bunday ma'lumotlarni mamlakat prezidenti Mişel Aun Ispaniya qiroli Filipp VI bilan suhbatda keltirib ötgan.
Ispaniya qiroli suhbat vaqtida fojia yuzasidan Livan xalqiga hamdardlik bildirgan hamda yordam berişga tayyorligini ma'lum qilgan.
Ayni vaqtda suğurta kompaniyalari portlaşdan zararni 3 mlrd dollarga baholamoqda. Avvalroq Bayrut Gubernatori Maron Abbud şaharni tiklaş uçun 12-15 mlrd dollar talab etilişini aytgan.
Bayrutdagi portlaşga portdagi ta'mirlaş işlari vaqtida u yerdagi omborlardan birida saqlangan 2,7 ming tonnadan köproq ammiak selitrasiga öt ketişi olib kelgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, portlaş oqibatida 171 kişi halok bölgan, 6 mingga yaqin kişi yaralangan, önlab kişilar bedarak yöqolgan.














