Odamlar namoyişçilarga qarşi kuç işlatilişi, noqonuniy hibslar va saylov natijalarining qalbakilaştirilişiga norozilik bildirişmoqda.
Turli OAV xabariga köra, Minskda «Belmedpreparat», «Keramin» va turli quriliş kompaniyalari xodimlari yiğiliş ötkazişmoqda.
«Keramin»da 400ga yaqin xodim, jumladan sex boşliqlari va marketing bölimi rahbariyati norozilik namoyişini ötkazişgan.
Telegram-kanallar «MAZ» zavodidagi miting videolarini tarqatişmoqda.
Şaharning 2ta şifoxonasi tibbiyot xodimlari, stomatologiya poliklinikasi şifokorlari zöravonlikka qarşi miting ötkazişgan. Tez yordam xodimlari ham namoyişga çiqmoqçi bölib turişibdi.
Mamlakatning yirik quriliş kompaniyalaridan biri MAPID işçilari ham zavod oldida yiğiliş ötkazişgan.
Ertalab soat 11da «Belteleradiokompaniya» binosi oldida oq libos kiygan ayollar gullar va plakatlar bilan töplanişgan. Şu atrofga yaqin joyda işlayotgan quruvçilar ham ularning aksiyasiga qöşilişgan.
Belarus davlat filarmoniyasi xodimlari ham norozilik namoyişiga çiqib, mamlakatning norasmiy madhiyasi hisoblanadigan «Magutni Boja» qöşiğini kuylaşgan. Milliy san'at muzeyi oldida ham odamlar töplanib, miting ötkazişmoqda. ONT davlat telekanali oldida ham namoyişçilar töplanişgan.
Avvalroq «BelAZ», «Minskpromstroy» va «Grodnojilstroy» korxonalarida ham mitinglar ötkazilgan edi. «BelAZ» rahbariyati kollektiv bilan mamlakatdagi voqealarni muhokama qilgani, bu norozilik namoyişi emasligi haqida bayonot bergan edi.
Belarus muxolifati ham ommaviy iş taşlaşga çaqirmoqda.
9 avgust kuni ötkazilgan prezident saylovining rasmiy natijalari e'lon qilingaç, mamlakatning önlab şaharlarida norozilik aksiyalari boşlanib ketdi. Namoyişçilar militsiya bilan töqnaşmoqda, iştirokçilar hibsga olinyapti. Kunduz kuni esa belarusliklar gullar bilan tinç aksiya ötkazib, «birdamlik zanjiri»ni hosil qilişmoqda.













