2020 yilning avgust oyida AKFA Medline tibbiyot markazi tibbiy yordam sifati va xavfsizligining xalqaro standartlariga ötiş böyiça sermaşaqqat jarayonni tugatib, dunyodagi eng nufuzli akkreditatsiya taşkiloti hisoblangan Xalqaro Birlaşgan Komissiya (Joint Commission International) standartlarining akkreditatsiyasini oldi.
Öziga xos bölgan noyob AKFA Medline klinikasi öz faoliyatini 2017 yilda Örta Osiyodagi yirik köp tarmoqli tibbiyot markazi sifatida boşlagan. Xizmatlarning mukammal sifati sari intilişga asoslanib, atigi 2 yillik faoliyati mobaynida klinika CERT International sertifikatsiyasi organidan ISO 9001:2015 içki xalqaro sifat sertifikatini olişga muşarraf bölgan.
2019 yili, Xalqaro Birlaşgan Komissiya (JCI) boş maslahatçisining taşrifidan söng AKFA Medline klinikasining rahbari Mirzaliyeva Kamola Kukanbayevna tomonidan strategik yaxşilanişlar rejasi tuzib çiqildi, şundan söng barça kuçlar şifokorlar va boşqa xodimlarni malakali tayyorgarligini takomillaştirişga, işlar 1597 asosiy xalqaro akkreditatsiya siyosati va muolajalariga muvofiq bölişi uçun texnologik va ma'muriy infratuzilmani takomillaştirişga yönaltirildi. Şularning jumlasida quyidagilar ham mavjud:
- 197 asosiy standartlar;
- 368 umumiy standartlar;
- 1032 qöşimça körsatkiçlar.



Uşbu standartlar tibbiy xizmat körsatiş darajasini oşiriş, patsiyentlarga maksimal tarzda xavfsiz va samarali yordam körsatiş bilan boğliq va jahon soğliqni saqlaş tizimida yirik tibbiyot kompaniyalari uçun “oltin standart” hisoblanadi. JCI standartlari eng murakkablaridan hisoblanadi, çunki nafaqat tibbiy qismni, balki umuman klinikaning butun işini, jumladan, xaridlar jarayonini, yonğinga qarşi va texnik xavfsizlikni, katta, örta va kiçik tibbiy, hamda boşqaruv xodimlari işini qamrab oladi.
Patsiyentga-qaratilganlik, uzluksiz rivojlaniş hamda ham klinikaga murojaat qilganlarga, ham butun boşli xodimlarga mukammal qulay şaroitlarni yaratiş AKFA Medline klinikasiga birinçi urinişdanoq beş kunlik auditdan ötişga va benuqson menejmentdan, körsatilayotgan tibbiy xizmatlarning yuqori sifatidan dalolat beruvçi va tibbiyot markazini butun dunyoda tan olingan tibbiyot muassasalari darajasiga çiqaruvçi eng nufuzli sifat yulduzini olişga yordam berdi.
















