Koronavirus pandemiyasi sabab nafaqat tibbiyot mutaxassislari, balki butun dunyo aholisi «Kislorod konsentratorlari» va sun'iy nafas oliş apparatlari degan uskunalar borligi haqida bilib oldi. Şunday bölsada, kislorodoterapiya oldin ham salomatlikni mustahkamlaş va boşqa bir qator kasalliklarni davolaş uçun muntazam qöllab kelingan.
Kislorod har qanday organizmga nafas oliş uçun öta zarur modda, demak u hayot uçun juda muhim sanaladi. Hatto ozgina kislorod yetişmasligi – gipoksiya, immunititet pasayişi, moddalar almaşinuvi buzilişiga olib keladi, boş va muşaklar oğrişiga, asabiylik holatlariga, holsizlikka, jismoniy va aqliy faoliyat pasayişiga sabab böladi.
Nafas yöllari va yurak-qon tomirlari xastaliklari bilan kasallangan bemorlarga kislorod konsentratori deb ataladigan maxsus apparatlar zarur.
Kislorod konsentratori – atmosferadan kislorod molekulalarini ajratib olib, konsentrlangan toza kislorod tarzida yetkazib beruvçi apparat hisoblanadi.
Ular kislorod terapiyada qöllanadi, bemorga kislorod oçiq havodagidan köproq konsentratsiyada beriladi.
Bu uskunalarning muhimligi va hayotiy zarurligi COVID-19 kasalligi asoratlarini davolaşda yanada köproq namoyon böldi. Kislorod konsentratorlarini sotib oliş va hatto işlab çiqariş davlat dasturlariga kiritildi. Nafaqat tibbiyot muassasalari, balki oddiy fuqarolar ham foydalaniş uçun bu asbobni sotib ola boşladilar. Internet makonida kislorod konsentratorini juda köp reklama qilişmoqda, turli narxlarda sotib oliş uçun takliflar berilmoqda. Turli işlab çiqaruvçilar tomonidan işlab çiqarilayotgan bu asbobning texnik jihatlari va imkoniyatlarini aniqlaşda hatto mutaxassislar ham qiyin ahvolda qolmoqdalar.
Kislorod konsentratorlari qanday işlaydi?
Kislorod konsentratorining işlaş prinsipi quyidagiça: u ikki silindrdan iborat, xona havosi öşa silindrlar içidagi tseolit şarçalar – «molekulyar panjara» içidan ötadi va bu panjara azot molekulalarini tutib qolib, kislorod molekulalarini ötkazadi. Natijada kislorod konsentratori 95 foizgaça kisloroddan iborat aralaşma işlab çiqaradi.
Eng ommabop modellarda kislorod bilan ta'minlaş tezligi daqiqasiga 3 litrdan 5 litrgaçani taşkil etadi, 2000-yillardan esa daqiqasiga 10 litrgaça ta'minlaydigan modellar işlab çiqarila boşlandi. XXI asrda köplab işlab çiqaruvçilar içxam, kötarib yurişga qulay konsentratorlar işlab çiqarişga kirişdi. Ularning tezligi odatda daqiqasiga 2 litrni taşkil etadi, ammo şunaqa nusxalar ham borki, daqiqasiga kislorod bilan 6 litrgaça ta'minlay oladi.














