“Ozarboyjon elçisi Eldar Gasanov uşlandi. U yirik miqdordagi budjet mablağlarini maqsadga nomuvofiq sarflaşda, pul özlaştirişda va boşqa qoidabuzarliklarda ayblanmoqda”, deb ma'lum qilingan davlat xavfsizlik xizmatida.

Gasanovning qoidabuzarliklari Ozarboyjon taşqi işlar vazirligining moliyaviy-xöjalik faoliyatini tekşiriş vaqtida aniqlangan. Ayni vaqtda tezkor-tergov işlari olib borilmoqda, jamoatçilikka qöşimça axborot beriladi. Tergov davlat xavfsizlik xizmati taşqi işlar vazirligining bir neça amaldorlarini öz vakolatlarini suiiste'mol qilişda, davlat manfaatlariga zid harakatlar sodir etişda hamda korrupsiyada gumon qilgani bilan boğlangan. Uşbu iş böyiça Ozarboyjon taşqi işlar vazirligi tender komissiyasi rahbari Farhod Mullazoda, xöjalik bölimi boşliği Salim Alizoda va konsullik boşqarmasi huquqiy-konsullik bölimi boşliği Nurpoşşa Abdullayev hibsga olingan. 

Iyul oyida esa Ozarboyjonning Turkiyadagi sobiq elçisi, taşqi işlar vazirligi konsullik boşqarmasi boşliği Faig Bagirov hibsga olingandi. U budjet mablağlarini xarjlab yuboriş, xizmat vakolatlarini suiiste'mol qiliş va poraxörlikda ayblangan.