O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federatsiyasining Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun taklif etiladi.

https://ok.ru/videoembed/1633972259519

Koronavirus pandemiyasi sharoitida belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda zavod qurilishida ishlash uchun 4200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rniga fuqarolar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ishga taklif qilinadi:

- armatura ishlariga;

- beton quyish ishlariga;

- elektrgaz payvandlash ishlariga;

- elektr montaj ishlariga;

- montajchi-usta ishlariga;

- duradgorlik ishlariga;

- qurilish havozalarini o‘rnatish ishlariga;

- quvurlarni montaj qilish ishlariga;

- bo‘yoqchilik ishlariga;

- yordamchi ishchilar.

Oylik maosh: 40-60 ming rubl. 

Ish vaqti: haftasiga 5 kun 8 soatdan.

Sinov muddati: 3 oy

Ishga ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 2-3 yillik tajribaga ega, O‘zbekistondan chiqish va Rossiyaga kirish uchun taqiq qo‘yilmagan, 24 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar taklif etiladi.