Yevropa Çempionlar Ligasida yana bir yarimfinalçi aniqlandi. Bitta uçraşuvdan iborat çorakfinal öyinida «Leypsig» Ispaniyaning «Atletiko» jamoasini musobaqadan çiqarib yubordi. Avvaliga nemis klubi 50-daqiqada Dani Olmoning goli evaziga oldinga çiqib olgandi. 71-daqiqada Joao Feliş penaltidan hisobni tenglaştirdi. 88-daqiqada esa Taylor Adamsning goli «Leypsig»ga ğalaba keltirdi.

Şu tariqa «Leypsig» klub tarixida ilk marta YeÇL yarimfinaliga yöl oldi. «Atletiko» klubi oldingi bosqiçda musobaqaning amaldagi ğolibi «Liverpul»ni ortda qoldirgandi.

YeÇL-2019/20.
Bitta öyindan iborat çorakfinal

Leypsig – Atletiko 2:1

Gollar: Olmo (51), Adams (88) – Joau Feliks (71, penalti).
Leypsig: Gulaçi, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Anxelino, Kampl, Zabitser (Mukiyele, 90), Nkunku (Aydara, 83), Laymer (Adams, 72), Olmo (Şik, 83), Poulsen.
Atletiko: Oblak, Lodi, Ximenes, Tripper, Saviç, Errera (Joau Feliks, 58), Koke (Felipe, 90), Saul, Ferreyra Karrasko, Lorente, Diyego Kosta (Morata, 72).
Ogohlantirişlar: Lodi (62), Klostermann (70), Kampl (82), Aydara (87), Ximenes (90+6).