“Yurakda oğriq bilan ukam Robert bugun keçasi vafot etganini ma'lum qilmoqçiman. U nafaqat ukam, balki eng yaqin döstim edi. Biz uni soğinib qolamiz, biroq yana u bilan uçraşamiz. U haqidagi xotira qalbimda abadiy qoladi. Robert, men seni yaxşi köraman. Joying jannatda bölsin”, deb aytgan Tramp.

Robert Tramp avvalroq Nyu-Yorkdagi şifoxonaga oğir ahvolda yotqizilgandi. AQŞ prezidenti şifoxonada davolanayotgan ukasini 14 avgustda yöqlagandi. 

“Mening ajoyib ukam bor. Umid qilamanki, u bilan hammasi yaxşi böladi, biroq unga qiyin bölmoqda”, deb aytgan öşanda Tramp.

Robert Tramp avval akasiga qaraşli Trump Organization kompaniyasida yuqori lavozimda işlagan. U 2016 yilda New York Post naşriga bergan intervyusida akasining AQŞ prezidenti lavozimiga saylanişining eng katta tarafdori ekanini va uni “ming foizga “ qöllab-quvvatlaşini aytgan. 

Robert Trampning nomi iyulda yangiliklarda tilga olinib, u öz jiyani - akasi Fredning qizi Meri Trampni amakisi Donald Tramp haqidagi kitobni çop etişdan qaytarişga harakat qilgani ma'lum qilingandi. Meri Tramp öz kitobida amakisi Donaldni otasi Fred Tramp 1981 yilda ölim töşagida yotganda uni yöqlamaganlikda ayblagan.