Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson «hayotimizning birgalikdagi eng şoşilinç sa'y-harakatlari» deb ta'riflagan safarbarlik bilan boğliq har bir kişining aqlida bir savol tuğiladi: 7 milliard odam koronavirusga qarşi qanday emlanadi? Amaliyotning logistikasi qanday böladi?

Angliyada emlaş böyiça tadqiqotlar Oksfordşirdagi sobiq RAF (Britaniya Qirollik havo kuçlari) aviabazasidagi Harwell tadqiqot kampusida davom etmoqda.

Vaksinalarni işlab çiqariş va innovatsiyalar markazi (VMIC) direktori Metyu Dyuşars emlaş jarayoni haqida fikr bildirdi. «Biz vaqt jadvalini yarmiga qisqartirdik. Aslida, vaksina 2022 yil oxirigaça tayyor bölişini kutayotgandik, endi u 2021 yilda tayyor böladi, deb umid qilyapmiz. Bunday vaksinalarni tez va samarali işlab çiqariş qobiliyati nafaqat mamlakat uçun, balki butun dunyo uçun juda muhim» dedi u.

«Bu xuddi uyda tort tayyorlaşga öxşaydi. Siz eng zör tortni tayyorlaş uçun köp vaqt sarflaşingiz mumkin. Ammo hozir siz özingiz pişiradigan tortdan 70 millionta tayyorlaşingiz kerak. Ularning hammasi birday mukammal bölişi lozim, bu esa juda qiyin», deya qöşimça qiladi mutaxassis.

Oksford universitetida vaksinatsiya tadqiqotlari uçun yetarliça laboratoriya maydoni yaratilgan. Oxir-oqibat, insoniyat milliardlab dozalarda Covid-19 vaksinalarining bir neçta turini tayyorlaşga majbur. Barçasi dunyo böylab işlab çiqarilişi, tarqatilişi va boşqarilişi kerak.

Xalqaro vaksinalar ittifoqi (Gavi) mamlakatlarni emlaş amaliyoti haqida boş qotirişga çaqirdi. Ammo vaksinalar böyiça xalqaro hamkorlikka erişiş oson emas. Çunki köplab boy davlatlar sehrli formula topilsa, ingrediyentlarni ta'minlaş böyiça farmatsevtika kompaniyalari bilan ikki tomonlama kelişuvga erişmoqda.

«Emlaş millatçiligi»

Gavi boş direktori Set Berklining aytişiça, hozirgi eng katta tösiqlardan biri bu «emlaş millatçiligi»dir.

Berkli vaksina masalasini butun dunyo miqyosida körib çiqiş kerakligini ta'kidlagan.

«Toki hamma xavfsiz bölmagunça heç birimiz xavfsiz böla olmaymiz», dedi u.

Uning fikriça, rivojlanayotgan mamlakatlar töğri vaksinalardan foydalanişni ta'minlaşga harakat qilişdan taşqari, dunyoda vaksina uçun flakon (şişa idiş) yetarli yoki yetarli emasligi xususida ham boş qotirişi lozim.