Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Aslo kutmang». Lukashenko saylov qaytadan o‘tkazilmasligini aytdi
Lukashenko hozirda mamlakat konstitutsiyasiga hukumat vakolatlarini taqsimlash ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlar kiritish ustida ish olib borilayotganini ma'lum qildi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi traktor zavodi (MZKT) ishchilari bilan muloqoti chog‘ida prezidentlik saylovi boshqa o‘tkazilmasligini aytdi, deb xabar bermoqda Sputnik Belarus.
"Bosim ostida nimadir qilishimni aslo kutmang. Boshqa saylov bo‘lmaydi. Chunki na MZKT, na MAZ, na BeLAZ qoladi, yarim yil ichida hammasini yo‘q qilamiz",- dedi Lukashenko.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Lukashenko hozirda mamlakat konstitutsiyasiga hukumat vakolatlarini taqsimlash ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlar kiritish ustida ish olib borilayotganini ma'lum qildi.
Lukashenko prezidentlik vakolatlarini bo‘lishishga tayyorligini aytdi.
"Ammo bosim ostida va ko‘cha orqali emas", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
9 avgust kuni respublikada bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan keyin aholi ommaviy norozilik namoyishlariga chiqa boshladi. Dastlabki kunlarda namoyishchilar kuchishlatar tuzilmalarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Namoyishchilarga qarshi yengil granatalar, rezina o‘qlar, suv to‘plari ishlatildi va o‘qotar qurollardan foydalanildi. Bir necha kun ichida 7000dan ortiq odam qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
09:55 / 03.07.2026
Minsk Rossiyaga safarlar bo‘yicha ogohlantirish berdi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026