BeLTA agentligining xabariga köra, Konstitutsiyaning 106-moddasi va «Belarus Respublikasi Vazirlar Kengaşi haqidagi» qonunning 9-moddasiga binoan, hukumat yangidan saylangan davlat rahbari oldida vakolatini topşirdi.

Avvalroq Lukaşenko hukumatning keyingi işlari böyiça hujjatlarni tezkor tayyorlaş haqida topşiriq bergan edi. U yangi hukumat deyarli şakllangani, ammo ba'zi bir «özgarişlar» bölişi mumkinligini ta'kidladi. Lukaşenko yangi hukumat şakllangani haqida xabar olganini va saylovdan keyin kimlar bilan işlaşi ma'lum ekanini aytgan edi.

Belarus hukumati 3 iyun kuni iste'foga çiqarildi. Lukaşenko buni prezident saylovi bilan boğliq ekanini aytdi. Yangi boş vazir sifatida Davlat harbiy-sanoat qömitasi raisi Roman Golovçenko tayinlandi.